Attashe

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Attashe (frans. – aynan, berkitilgan) – 1) 1-diplomatik martaba. Attashe martabasi deyarli barcha davlatlar qonun hujjatlariga binoan tashqi ishlar vaziri buyrugʻi bilan diplomatik vakolatxonalar va idoralarning 2 – 3 yillik ish tajribasi boʻlgan xodimlariga beriladi; 2) harbiy, harbiy-dengiz, harbiy-havo Attashelari – oʻz mamlakati tegishli qoʻshinlar turlarining Attashe xizmat kilib turgan boshqa bir davlat qurolli kuchlari hududidagi diplomatik vakolatxonasining lavozimdor shaxslari, ular diplomatik vakilga barcha harbiy masalalar boʻyicha yordam koʻrsatishadi. Mavqeiga koʻra, harbiy Attashelar diplomatga tenglashtirilib, diplomatik korpus tarkibiga kiritiladi va diplomatik imtiyozlar va daxleizlik huquqiga ega boʻladi; 3) savdo, moliya, qishloq xoʻjaligi, fan va texnika, baliqchilik, shuningdek madaniyat hamda matbuot boʻyicha attashe – diplomatik vakolatxonaning mazkur sohalarga oid masalalar bilan shugʻullanuvchi xodimlari, diplomatik imtiyozlar va daxlsizlik huquqiga, matbuot boʻyicha attashe esa diplomat martabasiga ega.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil