Shahlo Mahmudova

Shahlo Nasimovna Mahmudova | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri | |
Mansab davri 1991-yil 16-sentabrdan – 1992-yil 6-noyabr | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Sarvar Azimov |
Vorisi | Ubaydulla Abdurazzoqov[1] |
Shahlo Nasimovna Mahmudova — 1991-1992-yillarda faoliyat yuritgan Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri.[2]
Toshkent viloyatining Pskent tumanida tug‘ilgan. Toshkent to‘qimachilik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1969 yilda Toshkent to‘qimachilik kombinatida boshlagan. [3]
1972 yilda komsomol-partiya ishlarida faoliyat yurita boshlagan. Dastlab Toshkent shahri Frunze rayoni komsomol tashkilotining birinchi kotibi, so‘ngra O‘zbekiston LKSM kotibi, Kirov rayon partiya qo‘mitasining birinchi kotibi, KPSS MQ mas’ul tashkilotchisi, Toshkent viloyat partiya qo‘mitasining ikkinchi kotibi lavozimlarini egallagan.
1991 yilning 16 sentyabrida mustaqil O‘zbekistonning birinchi tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan[4]. 1992 yilda iste’foga chiqqanidan so‘ng, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i lavozimida, shuningdek, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ishlagan.
1990 yilda XII chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Soveti deputati etib saylangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Lua xatosi in Modul:Manba/MU1 at line 4312: Tried to read nil global has_twl_url.
- ↑ „Uzbekistan Ministers“. www.guide2womenleaders.com. Qaraldi: 11-noyabr 2017-yil.
- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан. О назначении Махмудовой Ш.Н. министром иностранных дел Республики Узбекистан. 16.09.1991. // Правда Востока. – 1991.18.09. – №. 183. – С.1.
- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан. О назначении Махмудовой Ш.Н. министром иностранных дел Республики Узбекистан. 16.09.1991. // Правда Востока. – 1991.18.09. – №. 183. – С.1.
![]() ![]() | Oʻzbekistonlik shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
![]() | Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |