Islom Karimov vafoti: Versiyalar orasidagi farq
kTahrir izohi yoʻq |
k added Category:Islom Karimov using HotCat |
||
Qator 11: | Qator 11: | ||
==Manbalar== |
==Manbalar== |
||
{{reflist}} |
{{reflist}} |
||
[[Turkum:Islom Karimov]] |
5-Sentyabr 2016, 10:49 dagi koʻrinishi
Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov 2016-yil 2-sentabrida Toshkent vaqti bilan soat 20:55 da Toshkent shahrida bosh miyada qayta tiklanmaydigan oʻzgarishlarga va poliorgan yetishmovchiligiga olib kelgan miya qon aylanishining oʻtkir buzilishi (insult) oqibatida vafot etdi.[1]
Tibbiy xulosa
Sogʻliqni saqlash vaziri Anvar Alimov va boshqa tibbiyot mutaxassislari tuzgan tibbiy xulosaga binoan, Karimov, 78 yoshda, 27-avgust kuni ertalab soat 09.00 da hushsiz holatda zudlik bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Tibbiyot-sanitariya birlashmasining Markaziy klinik shifoxonasiga olib kelindi.[2] Tibbiy koʻrik Rossiya fanlar akademiyasi akademiklari: kardiojarrox Leo Bokeriya va neyrojarrox Aleksandr Potapov; Hannover xalqaro neyroxirurgiya institutining vitse-prezidenti va ijrochi direktori, professor Amir Samii, Monako kardiotorakal markazi direktori, professor Gilles Dreyfus, Heydelberg universiteti kardiologiya boʻlimi rahbari, professor Hugo Katus, Helsinki universiteti markaziy gospitalining neyroxirurgiya boʻlimi professori Juha Hernesniemi tomonidan oʻtkazildi.[2] Davolash rejasi oʻzbekistonlik mutaxassislari bilan oʻtkazilgan konsiliumda belgilandi. Tibbiy xulosaga binoan, "[b]emorning nevrologik holati avval boshdan atonik koma sifatida qayd etildi. Nevrologik statusda diffuz mushak atoniyasi, arefleksiya kuzatildi. Bemorga uch marotaba dinamik elektroensefalografik tekshiruv oʻtkazilib, unda bosh miyaning bioelektrik faolligining susayishi aniqlandi."[2] Toʻliq hajmdagi diagnostika-davolash muolajalari va intensiv terapiya chora-tadbirlari oʻtkazilganiga qaramasdan 2016-yil 2-sentabr kuni soat 20:15 da yurak faoliyati toʻxtadi. Amalga oshirilgan intensiv reanimatsiya tadbirlari natija bermadi va bemorda soat 20:55 da biologik oʻlim holati qayd etildi.[2]
Dafn marosimi
2016-yil 2-sentabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori chiqdi, unda Islom Karimov xohish-irodasiga koʻra Samarqandda dafn etilishi, 3-sentabrdan boshlab uch kunlik motam eʼlon qilinishi koʻrsatilgan.[3] Dafn marosimini oʻtkazish komissiyasi tarkibida Shavkat Mirziyoyev, Rustam Inoyatov, Rustam Azimov va boshqa davlat va jamiyat arboblari koʻrsatildi.[3]
2016-yil 3-sentabr tongida motam korteji Toshkent shahri boʻylab aeroportga yurdi, kortejni oʻn minglab odamlar kuzatishdi.[4][5]
Manbalar
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси ва Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг ахбороти“. UzA (2016-yil 2-sentyabr).
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Islom Abdug‘aniyevich Karimovning kasalligi va vafoti sabablari to‘g‘risida tibbiy xulosa“. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati (2016-yil 2-sentyabr).
- ↑ 3,0 3,1 „Ўзбекистон Республикасининг Биринчи Президенти И.А.Каримовнинг дафн маросимини ўтказиш бўйича давлат комиссиясини ташкил этиш тўғрисида“. Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portal (2016-yil 2-sentyabr).
- ↑ „Ўзбекистон Республикасининг Биринчи Президенти Ислом Каримов билан видолашув“. UzA (2016-yil 4-sentyabr).
- ↑ „Прощание с Первым Президентом“. Gazeta.uz (2016-yil 3-sentyabr).