Hannover

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Shahar
Hannover
Gerb
Gerb
Mamlakat Olmoniya
Yer Quyi Saksoniya
Koordinatalari 52°22′28″N 9°44′19″E / 52.37444°N 9.73861°E / 52.37444; 9.73861Koordinatalari: 52°22′28″N 9°44′19″E / 52.37444°N 9.73861°E / 52.37444; 9.73861
Burgomistr Stephan Weil
Maydoni 204,01 km²
Markazi balandligi 55 m
Aholisi 522686 inson (2010)
Zichlik 2528 kishi/km²
Vaqt mintaqasi UTC+1, yozda UTC+2
Telefon kodi +49 511
Pochta indekslari 30001-30669
Avtomobil kodi H
Идентификационный код 03 2 41 001
Rasmiy sayti http://www.hannover.de/ (olm.)
Hannover (Olmoniya)
Hannover
Hannover (Quyi Saksoniya)
Hannover

HannoverOlmoniyadagi shahar, Leyn daryosi boʻyidagi port, Quyi Saksoniya yerining maʼmuriy markazi. 522686 nafar aholi istiqomat qiladi (2010). Maydoni – 204,01 km2. Transport yoʻl va havo yoʻllari tuguni. Xalqaro aeroport bor. Sanoat va moliyasavdo markazi. Mashinasozlik, xususan transport mashinasozligi, elektrotexnika, rezina, rangli metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Hannover atrofi GFR dagi yirik neft olinadigan rayon. Hannoverda har yili xalqaro sanoat yarmarkalari oʻtkaziladi. Shaharda texnika, veterinariya, ped. oliy oʻquv yurtlari, musiqa va teatr akademiyasi, metropoliten, universitet, opera teatri, muzeylar va boshqa mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan Eski ratusha (1413-55) va Leybnits uyi (1648-52) bor. Hannover 12-asrdan maʼlum. 1866 yildan 1945 yilgacha Prussiyadagi Hannover provinsiyasining maʼmuriy markazi boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil