Mahso Aminiyning oʻlimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mahsa Aminiyning oʻlimidan yoʻnaltirildi)
Mahso Aminiy
مهسا امینی
Tavalludi 22-iyul 2000-yil
Vafoti 16-sentyabr 2022-yil(2022-09-16)
(22 yoshda)

Tehron, Eron

2022-yil 16-sentyabr kuni Mahso Aminiy (forscha: مهسا امینی) ismli 22 yoshli eronlik ayol vafot etgan[1]. U Jina Aminiy (kurdcha: Jîna Emînî) nomi bilan ham tanilgan, Eronning Tehron shahrida politsiya mahkamasida boʻlganida, politsiya zoʻravonligi sabab ogʻir tan jarohati olib, vafot etgani taxmin qilinmoqda[2][3].

Aminiy Eron Islom Respublikasi Huquq-tartibot qoʻmondonligining jamoat joylarda hijob o‘rash qoidalari bajarilishini nazorat qiluvchi „Hidoyat“ patruli uni hijobi islom me’yorlariga mos o‘ralmagani uchun hibsga olgan. Politsiya aytishicha, u toʻsatdan yurak yetishmovchiligi xuruji sabab yerga yiqilgan va ikki kun komada yotganidan keyin vafot etgan[4][5]. Guvohlarga koʻra, u kaltaklangan va boshi politsiya mashinasi yon tomoniga urilgan, bu uning tibbiy koʻrikdan oʻtganidan tashqari[6], miyaga qon quyilishi va insult tashxisini qoʻyishiga sabab boʻlgan[7].

Baʼzi axborot manbalariga koʻra, Eron Islom Respublikasida ayollarga nisbatan zoʻravonlik ramziga aylangan Aminiyning oʻlimiga dunyoning turli burchaklaridan koʻplab odamlar munosabat bildirgan[8][9][10].

Oʻlim holatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eron gʻarbidagi Kurdiston viloyatining Saqqez (fors. سقز‎, курд. سەقز) shahridan oilasi bilan Tehronga borgan 22 yoshli Mahso (Jino) Aminiyni 13-sentyabrda Shahid Haqqoniy shossesiga kiraverishda rejim qoʻshinlari hibsga olgan. U akasi Kiyorash Aminiy bilan birga ketayotganida „Hidoyat“ patruli deb nomlangan va „Maʼnaviy xavfsizlik“ agentligi yonidan oʻtgan[11][12][13]. Unga „yoʻriqnoma“ berish uchun tergov izolyatoriga olib ketilishi va bir soatdan keyin qoʻyib yuborilishi aytilgan. Buning oʻrniga u tez yordam mashinasida Kasra kasalxonasiga olib ketilgan[14][15][16].

Aminiy ikki kun davomida Tehrondagi Kasra kasalxonasida komada boʻlgan, bu esa Eronda keng miqyosda „Hidoyat“ patruliga va hijobga oid qonunga qarshi norozilik namoyishlariga sabab boʻldi[17]. U 16-sentyabr kuni reanimatsiya boʻlimida vafot etgan[18][2][19].

Zoʻravonlik dalillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aminiy davolangan klinika ma’muriyati Instagram’da u yotqizilganida miya oʻlimi qayd etilgani haqida bayonot berdi. Shundan keyin Instagram posti oʻchirib tashlangan[20][21].

Aminiyning akasi Kiyorash uning boshi va oyoqlarida koʻkargan joylar borligini koʻrgan. Aminiy bilan birga hibsga olingan ayollar aytishicha, u oʻzini hibsga olgan zobitlarning haqoratlariga qarshilik koʻrsatgani uchun ayovsiz kaltaklangan[22].

Bir qator shifokorlar Aminiyning quloqlardan qon ketganini, koʻzlari osti koʻkarganini va miyasidan jarohati olganini aytdi[23][24]. Bu, shuningdek, Mahso bosh suyagi tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilganda tasdiqlangan, hakerlar topgan maʼlumotlarga koʻra, suyak sinishi, qon ketishi va miya shishi boʻlgan[25][26].

Noroziliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻchalarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tehronning Keshavarz bulvarida Mahsoning oʻldirilishiga qarshi xalq noroziligi

Uning oʻlimidan soʻng bir qator norozilik namoyishlari, jumladan, tugʻilgan shahri Saqqezda ham boshlandi[27]. Baʼzilar „Jin — Jiyan — Azadi: Ayollar — hayot — Ozodlik!“ va fors tilida „Diktatorga oʻlim!“ kabi kurd feministik shiorlarini aytib hayqirgan[28][29][27]. Eron maxsus politsiya kuchlari namoyishlarni bostirdi[28]. Namoyishlar Tehrondagi Kasra kasalxonasi oldida ham boʻlib oʻtdi, ayrim namoyishchilarni xavfsizlik kuchlari hibsga oldi, ularga qarshi qalampir qoʻshilgan gaz ham ishlatilgan[28].

Mahsoning oʻlimi munosabati bilan turli shaharlarda norozilik namoyishlari va yurishlar kundan-kunga avj oldi. Kurdiston voloyati markazi Sanandaj shahri koʻchalari qisman yopildi va xavfsizlik kuchlari qattiq kiyinish qoidalariga qarshi kechasi boʻlib oʻtgan norozilik namoyishlari ortidan butun shahar boʻylab tarqalib ketdi[30].

19-sentyabrda Eronning Kurdiston viloyatida xavfsizlik kuchlari namoyishlar chogʻida oʻt ochishi oqibatida besh kishi halok boʻldi. Kurd inson huquqlarini himoya qolish tashkiloti maʼlumotiga koʻra, mamlakat boʻylab gʻazabni qoʻzgʻatgan voqeaning uchinchi kunida tartibsizliklar roʻy bera boshlagan. Hengaw inson huquqlarini himoya qilish tashkilotining Twitter sahifasida aytilishicha, Aminiy tugʻilib oʻsgan Sakkez shahrida xavfsizlik kuchlari namoyishchilarga qarata oʻt ochishi oqibatida ikki kishi halok boʻlgan[31]. Taʼkidlanishicha, yana ikki kishi Divandarra shahrida xavfsizlik kuchlarining „toʻgʻridan-toʻgʻri otishmasi“dan oʻlgan, beshinchisi esa kurdlar mintaqasidagi Dehgolanda halok boʻlgan[32]. Ommaviy namoyishlar Eronning turli shaharlarida, jumladan, Tehron, Rasht, Isfahon, Karaj, Mashhad, Sanandaj, Saqqez, Ilom va boshqa koʻplab hududlarda tarqaldi va Eron hukumatining maxsus politsiyasi noroziliklar namoyishchilarini ayab oʻtirmadi, oqibatda koʻpchilik yaralangan va qurbon boʻlgan, ayrim siyosiy faollar hibsga olingan[33][34].

20-sentyabrda namoyishlar davom etdi hamda Tehron, Sari, Tabriz, Mashhad, Qum, Kermon, Hamadon, Sanandaj va Kish kabi turli shaharlarda va boshqa koʻplab hududlarda majburiy hijob va islomiy hukumat tutumlariga qarshi shiorlar bilan yurishlar oʻtkazildi. Sarida ayollar hijoblarini gulxanda yoqdi va namoyishchilarni qoʻllab-quvvatladi[35]. Toronto, Istanbul, London va boshqa Yevropa va Amerika shaharlarida namoyishchilar yigʻilib, hukumatning Eronda ayollarga qarshi jinoyatlarini qoraladi[36]. Hukumat namoyishlarda uch kishi halok boʻlganini tasdiqladi[37].

Ijtimoiy tarmoqlarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahso Aminiyni Hidoyat patruli hibsga olgani va kaltaklashi va oʻldirilishi ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilikning noroziligiga sabab boʻldi. Bu vaqt ichida #MahsaAmini heshtegi forscha Twitter’da eng koʻp takrorlandi. Ushbu heshteglarning tvitlari va retvitlari soni 10 milliondan oshdi[38][39]. Ayrim eronlik ayollar ijtimoiy tarmoqlarda norozilik sifatida sochlarini qirqib tashlagani tasvirlangan videolarni joylashtirdi[40].

Tekshiruv[tahrir | manbasini tahrirlash]

Prezident Ibrohim Raisiy ichki ishlar vaziri Ahmad Vohidiydan „hodisa sabablarini zudlik bilan va alohida eʼtibor bilan tekshirishni“ soʻradi[41].

Munosabat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahsoning otasi Amjad Aminiy turli chet el ommaviy axborot vositalariga qizining fojiali oʻlimi haqida intervyu berdi va Eron hukumati rasmiylarining daʼvolariga javob qaytardi[42]. Eron prezidenti Ibrohim Raisiy u bilan telefon orqali suhbatda Mahsoning oʻlimidan afsusda ekanini bildirdi. Shuningdek, Kurdiston viloyati gubernatori shaxsan Amjad Aminiyning uyiga borib, qizining oʻlimi yuzasidan unga tasalli berdi[43].

Xalqaro institutlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Xalqaro Amnistiya tashkiloti shubhali oʻlim yuzasidan jinoiy tergov oʻtkazishni soʻradi. Ushbu tashkilotga koʻra, bu ish boʻyicha „barcha mas’ul amaldorlar va mansabdor shaxslar“ javobgarlikka tortilishi va „uning shubhali oʻlimiga sabab boʻlgan shart-sharoit, jumladan, tergov izolyatoridagi qiynoqlar va boshqa shafqatsiz munosabat jinoiy jihatdan tekshirilishi kerak“, degan xulosaga keldi[15][44][45]
  • Human Rights Watch tashkiloti Aminiyning oʻlimini shafqatsizlik deb atadi va „Eron hukumati majburiy hijob qonunini bekor qilishi, ayollarni mustaqillik va huquqlaridan mahrum qiluvchi boshqa qonunlarni bekor qilishi yoki oʻzgartirishi kerak“, deya ta’kidladi[46][47]. Guruh hukumat amaldorlarining norozilik namoyishlariga qoʻshimcha kuch bilan javob qaytarganidan xavotirda ekanini bildirdi[48].
  • Erondagi Inson Huquqlari Markazi Mahso Aminiyni Islom Respublikasining ayollarga qarshi urushining navbatdagi qurboni deb atadi va bunday oldini olish mumkin boʻlgan fojialarning yana sodir boʻlmasligi uchun Eronda ayollarga nisbatan zoʻravonlik butun dunyoda keskin qoralanishini soʻradi[49].
  • Birlashgan Millatlar Tashkiloti Mahso Aminiyning qiynoqqa solinishi va oʻldirilishi mustaqil ravishda tekshirilishi shartligini eʼlon qildi[50][51].
  • Anonymous xalqaro faollar tarmogʻi norozilik namoyishlarini qoʻllab-quvvatlash uchun Eron hukumati va davlatga tegishli bir qancha ommaviy axborot vositalari veb-saytlarini bloklaganini va namoyishlarni qoʻllab-quvvatlayotgani aks etgan videoni namoyishlar tasvirlari bilan birga tarqatganini iddao qildi[52].

Siyosatchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus maʼruzachisi Javaid Rahmon ham Eron Islom Respublikasining xatti-harakatidan afsusda ekanini bildirdi va „Bu voqea Eronda inson huquqlarining keng miqyosda buzilganidan dalolat beradi“, deya qoʻshimcha qildi[53].
  • Fransiya Tashqi ishlar vazirligi Mahso Aminiy oʻlimiga olib kelgan qiynoqlarni qoraladi[54].
  • Amerika Qoʻshma Shtatlari davlat kotibi Entoni Blinken Eron politsiyasi qoʻl ostidagi qotillikni qoraladi va Eron hukumatidan bunday harakatlarni toʻxtatishni talab qildi[55][56].
  • Eronlik oyatulloh Bayat-Zanjoniy 17-sentabrda, „Hidoyat“ patruli „nafaqat noqonuniy va islomga qarshi, qolaversa, mantiqqa ham toʻgʻri kelmaydigan tashkilotdir“, dedi. Mamlakat qonunlarining hech bir qismida bu hushyor kuchga hech qanday vazifa yoki mas’uliyat yuklanmagan deb, uni „qatagʻon va axloqsiz harakatlar“da aybladi[57].
  • Oyatulloh Muhaqqiq Damod esa alohida bayonotida shu fikrni takrorladi: „Ezgulikni rag‘batlantirish va yovuzlikning oldini olish uchun kuch qo‘llash fuqarolar erkinliklarini bo‘g‘ish uchun emas, hukmdorlar xatti-harakatlarini kuzatishga mo‘ljallangan, erkinliklarni bo‘g‘ish esa islom taʼlimotidan chekinishdir“[58].
  • Gabriel Borik BMT Bosh Assambleyasidagi nutqi chogʻida Mahso Aminiyga hurmat bajo keltirdi va butun dunyo hukimatlarini hokimiyatni suiisteʼmol qilishni toʻxtatishga chaqirdi[59].
  • Yevropa Ittifoqining bir qancha amaldorlari Mahso Aminiyning nohaq oʻlimini qoraladi[60]. Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat boʻyicha rahbari Josep Borrell uning oʻlimini „mutlaqo nomaqbul“ deb atadi[60]. Uning matbuot kotibi Mahso Aminiy oʻlimi aybdorlari javobgarlikka tortilishi shartligi haqida bayonot berdi[61].

Boshqa fikrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Amerikalik aktrisa Liya Remini Twitter’da, „Mahso Aminiyning oʻldirilishini hech qanday sharoitda oqlash mumkin emas, lekin u hijobini notoʻgʻri oʻragani uchun hibsga olingani manzarani yanada dahshatli qiladi“, deb yozdi[62][63].
  • Asli senegallik boʻlgan Xabi Lame Instagram’dagi sahifasida mana bunday yozuv qoldirdi: „Eronda ayollar huquqlari va inson huquqlari uchun eng katta urush boʻlmoqda. Agar siz yer yuzida yashab, sukut saqlayotgan boʻlangiz, boshqa hech qachon ayollar huquqlari haqida gapira koʻrmang“[64].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Jino Amini goes into coma 2 hours after arrest“ (en-US) (2022-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 18-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 „Iranian woman 'beaten' by police for 'improper hijab' dies after coma: State media“ (en). Al Arabiya (2022-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 16-sentyabr.
  3. „IranWire Exclusive: Morality Patrol Beats a Woman into a Coma“ (en). iranwire.com. Qaraldi: 2022-yil 18-sentyabr.
  4. „Three killed in protests over Iranian woman Mahsa Amini’s death in custody“, Associated Press
  5. Arrest by hijab police leaves woman comatose, Al Monitor, 2022
  6. Mahsa Amini’s medical scans show skull fractures caused by ʻsevere traumaʼ: Report, Alarabya News, 2022
  7. „Irans Opposition hat vor allem eine Schwäche“ (de). ZDF (2022-yil 20-sentyabr). „Es melden sich angebliche Augenzeugen, die gesehen haben wollen, dass es zu Handgreiflichkeiten kam, dass Mahsa Amini geschlagen wurde, dass ihr Kopf gegen die Wand des Polizeiwagens prallte.“.
  8. The symbol of Iranian woman in The religious government of Iran, iran-tc.com, 2022
  9. Mahsa Amini is another victim of violence against women in Iran, Iran human rights, 2022
  10. Why death of 22-year-old Mahsa Amini has sparked protests in Iran, The Indian Express, 19 September 2022
  11. „(Video) Mahsa Amini is the latest victim of the misogynist mullahs’ regime in Iran“ (en). EIN Presswire. Associated Press (2022-yil 19-sentyabr).
  12. „Indignación en Irán por el coma de una joven tras ser detenida por la Policía“ (es). SWI swissinfo.ch (2022-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 18-sentyabr.
  13. „Iran: Woman in coma after her arrest by Tehran's morality police“. The New Arab (2022-yil 15-sentyabr).
  14. „Fury in Iran as young woman dies following morality police arrest“ (en-GB). BBC News (2022-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 18-sentyabr.
  15. 15,0 15,1 Reuters. „Iran woman's death after morals police arrest sparks protests“ (en). Reuters (2022-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 18-sentyabr.
  16. „Iranian woman in coma after morality police arrest: activists“ (en). France 24 (2022-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 18-sentyabr.
  17. Saaberi. „Mahsa Amini: Arrested For Islamic Guidance, Ended Up Brain Dead!“ (en-US). IranTrue (2022-yil 15-sentyabr). 2022-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-sentyabr.
  18. KHRN. „Iran: Kurdish woman dies after arrest and torture by morality police in Tehran | Kurdistan Human Rights Network“ (en). KHRN (2022-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 18-sentyabr.
  19. Rothwell, James. „Iranian woman dies after beating by 'morality police' for not wearing headscarf“ (en-GB). The Telegraph (2022-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 18-sentyabr.
  20. „Landesweite Proteste nach Tod von Mahsa Amini“. Deutsche Welle (2022-yil 19-sentyabr). „Die Klinik, in der die 22-Jährige behandelt wurde, hatte nach ihrem Tod auf einem inzwischen gelöschten Post bei Instagram geschrieben, dass Amini bereits bei der Aufnahme hirntot gewesen sei.“.
  21. „مهسا امینی بر اثر جراحات ناشی از ضرب و جرح ماموران گشت ارشاد درگذشت“. Al Arabiya (2022-yil 16-sentyabr).
  22. Father of Kurdish woman killed in Iran says daughter was beaten, Rudaw, 19 September 2022
  23. Mahsa Amini’s medical scans show skull fractures caused by ʻsevere traumaʼ: Report, Alarabya News, 2022
  24. Iranian Medical Official Says Amini’s Death Caused By Head Injury, Rejects Official Version, Radio Free Europe/Radio Liberty, 2022
  25. „Mahsa Amini's medical scans show skull fractures caused by ʻsevere trauma’: Report“. Al Arabiyya (2022-yil 19-sentyabr).
  26. „Mahsa Amini's CT Scan Shows Skull Fractures Caused By Severe Blows“. Iran International (2022-yil 19-sentyabr).
  27. 27,0 27,1 Sirwan. „At least 10 demonstrators injured in Iran following death of Kurdish woman“. Rudaw Media Network (2022-yil 17-sentyabr).
  28. 28,0 28,1 28,2 Strzyżyńska. „Protests in Iran at death of Kurdish woman after arrest by morality police“. The Guardian (2022-yil 17-sentyabr).
  29. „the police open fire at the funeral“ (en-us). Italy 24 News English (2022-yil 17-sentyabr).
  30. Kaki, Chiya. „Locals decry controversial death of woman in Iran“. Rudaw (2022-yil 19-sentyabr).
  31. „Violence erupts in Iran after woman dies in ʻmorality police’ custody“ (en-US). The Washington Post. Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.
  32. Reuters. „Five killed in Iran during protests over death in custody - rights group“ (en). Reuters (2022-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.
  33. ʻI will never wear a headscarf againʼ: Outrage in Iran after woman dies in custody, France24, 19 September 2022
  34. Four killed in Iran during protests over death in custody — rights group, Reuters, 19 September 2022
  35. „Iran unrest: Women burn headscarves at anti-hijab protests“ (en-GB). BBC News (2022-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 21-sentyabr.
  36. Protests Erupt in Iranian Cities After Womanʼs Death in Custody, The Guardian. 20 September 2022
  37. Iran confirms first deaths in protests over Mahsa Amini’s death, Al Jazeera, 20 September 2022
  38. Reuters. „Fury grows in Iran over woman who died after hijab arrest“ (en). Reuters (2022-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.
  39. „هشتگ مهسا امینی ترند جهانی شد – DW – ۱۴۰۱/۶/۲۷“ (fa). Deutsche Welle. Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.
  40. „Iran women cut their hair to protest against death of 22-year-old woman in custody“ (en). The Indian Express (2022-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 19-sentyabr.
  41. https://abcnews.go.com/International/wireStory/iranian-president-orders-probe-womans-death-custody-90017706
  42. Mahsa Amini; The second night of protests in Sanandaj and Raisi’s contact with Amini’s family, BBC News, 2022
  43. Iranʼs President Holds Phone Call With Family Of Hijab Victim, Iran International, 18 September 2022
  44. „Woman dies after arrest by Iran's morality police“ (en). Al Jazeera. Qaraldi: 2022-yil 18-sentyabr.
  45. „Condemnations Follow Death Of Young Woman in Iranian Police Custody“ (en). Iran International. Qaraldi: 2022-yil 18-sentyabr.
  46. „Woman Dies in Custody of Iran's 'Morality Police'“ (en). Human Rights Watch (2022-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 18-sentyabr.
  47. „The Murder of Mahsa Amini; Iran Human Rights Calls for an International Fact-Finding Mission“ (en). iranhr.net. Qaraldi: 2022-yil 18-sentyabr.
  48. „Concern mounts at 'lethal' Iran crackdown on protests“ (en). France 24 (2022-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 21-sentyabr.
  49. „Mahsa Amini is Another Victim of the Islamic Republic's War on Women“. Center for Human Rights in Iran (2022-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 18-sentyabr.
  50. Mahsa Amini: UN calls for inquiry into Iranian womanʼs death, Al Jazeera, 20 September 2022
  51. Iran: UN calls for probe into death of Mahsa Amini in police custody, DW, 20 September 2022
  52. Motamedi. „ʻAnonymous’ hacks Iran state websites after Mahsa Amini's death“ (en). Al Jazeera (2022-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 21-sentyabr.
  53. „Mahsa Amini's mother: Jino! People have come for you!“ (en-US) (2022-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 18-sentyabr.
  54. Franceʼs Ministry of Foreign Affairs condemns the death of Mahsa Amini, Reuters, 2022
  55. US Officials React To Death Of Young Woman, Protests In Iran, 2022
  56. US demands accountability in death of Iranian woman after hijab arrest, Al Jazeera, 19 September 2022
  57. Senior ayatollahs say Iranʼs morality police are 'illegal and un-Islamic' — Telegraph
  58. „Senior ayatollahs say Iran's morality police are 'illegal and un-Islamic'“. MSN.
  59. From the German Foreign Minister to the President of Chile; „Respect for womenʼs rights“ in the heart of reactions to Mehsa Amini’s death, euronews, 21 September 2022
  60. 60,0 60,1 „Mahsa Amini: EU concern over woman who died after being stopped by morality police“. euronews (2022-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 21-sentyabr.
  61. Iran: Statement by the Spokesperson on the death of Mahsa Amini, Official website of European Union
  62. Mehsa Amini; Widespread reaction in social networks to advice leading to brain death, Radio Farda, 2022
  63. Iranian Social Media Explodes Over Young Hijab Victim, Iran International, 2022
  64. A wide wave of domestic and international figures supporting Iranʼs protests and paying tribute to Mehsa Amini, Iran International, 2022