Kuyukmozor qabristoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kuyukmozor qabristoni - Navoiy viloyati, Qiziltepa temir yoʻl styasining jan.-gʻarbidagi qabriston (miloddan avvalgi 2-asrmilodiy 8-asr). Balandligi 1 — 1,2 m, diametri 12–14 m li 100 ga yaqin tuproqqoʻrgʻondan iborat. 1934 yilda arxeolog V. A. Shishkin ochgan. 1952 yildan arxeolog O. V. Obelchenko qazish ishlari olib borgan. Kuyukmozor qabristoni 2 xil tipdagi qabrlardan iborat: birinchisi — yer ostida oʻra shaklida shim.dan jan.ga choʻzilgan, ikkinchisi — sharq tomondan zinapoya shaklida qazib tushilgan lahad. Qabrlarga murdalar uzunasiga va bukik holda, boshi jan.ga qaratib qoʻyilgan. Murdalar yonidan sopol idishlar, qurollar (dudama qilichlar, xanjarlar, kamon hamda uning oʻqlari va boshqalar), jubba kiygan jangchi surati solingan suyak plastinkalar, oʻzuk, temir toʻqa, maʼbuda Anaxitaning haykalchasi va boshqa topilgan. Ossuariyga solib koʻmilgan jasadlar ham ochilgan. Bir ulik koʻmilgan joyga 2-marta koʻmish holdari ham uchraydi. Kuyukmozor qabristoni sarmatlarta tegishli ekanligi aniqlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil