Koʻk masjid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Koʻk masjidToshkentdagi meʼmoriy yodgorlik (183035). Toshkentlik aka-uka Nodirmat va Hojimatboylar (avval ular nomi bilan yuritilgan) mablagʻiga qurilgan. Peshtokli darvozaxona, baland minorali keng hovli, bir qanatli madrasa va hovli toʻridagi masjiddan iborat boʻlgan. Hozir koʻrimsiz darvozaxona, keng hovlining yarmisi hamda masjid (xonaqoh va ayvon) saqlangan. Xonaqoh (9,0x9,0 m) murabba tarxli, gumbazli. Jan. Devori ichiga chuqur ravoqli mehrob va tokchalar ishlangan. Xonaqoh jan.dagi naqshinkor ayvon (7,26x12,20 m) shiftiga toʻsin tashlanib, ustidan toqilar terilgan. Ustunlar koʻpqirrali, poy-ustuni koʻk rangli toshlardan (masjid nomi ham shundan) turli shakllarda yoʻnib oʻrnatilgan (hozir poyustunlar rangi kulrang tusda).

Koʻk masjid 1995—99 yillarda taʼmirlanib atrofi obodonlashtirildi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil