Naqqoshlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Naqshkorlikdan yoʻnaltirildi)

Naqqoshlik, naqshkorlik — amaliy sanʼatning qadimiy turi; naqsh yaratish kasbi; Naqqosh usta qogʻozga yoki matoga naqsh mujassamotini yoki naqsh taqsimini chizib oladi (ayniqsa, girih va islomiy kabi murakkab naqshlarda), taxta, andoza tayyorlaydi. Amaliy sanʼat ustalari 2 xil usulda bezak yaratadilar: naqqoshlar tayyorlagan taxta, andoza yordamida hamda naqsh (gul) toʻgʻridan-toʻgʻri bezash jarayonida ustalar tasavvurining mahsuli si-fatida yaratiladi. N.da naqsh, bezakni malakali naqqosh ustalar chizib beradilar, bunday naqshlarni meʼmorlik, gilamchilik, kashtadoʻzlik, kandakorlik va boshqa dagi naqsh mujassamotlarida birday uchratish mumkin. Naqsh yaratish ustadan did, mahoratdan tashqari qunt, uzoq mashq-malaka talab qiladi. Naqqoshlar oʻtmishda xalq ustalarining eng bilim-don, isteʼdodli qismini tashkil etgan, ular ustozlarda turli fanlardan taʼlim olgan, turli (adabiyot, musiqa, tarix, kimyo, matematika)ni yaxshi bilgan.

Oʻrta Osiyo hududidagi meʼmoriy yod-gorliklar, arxeologik qazilmalar N.ning bu yerda qadimdan rivojlanganligini koʻrsatadi. Amaliy bezak sanʼati turlari (kulollik, miskarlik, zargarlik, gilamchilik, kashtadoʻzlik, kandakorlik va boshqalar) hamda meʼmorlikning taraqqiyoti N.ning ham rivojini taqozo etdi. Qoʻyqirilganqalʼa, Tuproqqalʼa, Koʻhna Urganch, qad. Ter-miz, Ayritom, Bolaliktepa, Varaxsha, Afrosiyob va boshqa joylardan topilgan turli xil uslubdagi naqsh namunalarining jozibadorligi ajdodlarning yuksak madaniyatidan darak beradi. N., ayniqsa, oʻrta asrlarda (9—12, 14—15, 18—19-asrlar)da keng tarqaldi. Kito-bat sanʼatiaa qoʻlyozmalarni moʻʼjaz asarlar bilan bezashda N., musavvirlik asosiy oʻrin tutadi; meʼmorlikda na-qshlarni qoʻllash, ayniqsa, taraqqiy etib, oʻz qonunqoidalari hamda uslublari, oʻziga xos ranglar uygʻunligiga va mustaqil mujassamotlariga ega boʻlgan.

Oʻzbekistonning turli viloyatlaridagi meʼmoriy yodgorliklar, idish, buyum, mehnat qurollaridagi naqshlarda umumiylik koʻzga tashlansada, Buxoro, Xiva, Fargʻona, Toshkent va boshqa joylarda shu yerlarning oʻziga xos naqsh uslublari vujudga kelgan. N. avloddan-avlodga oʻtgan, shogirdlar ustozlaridan oʻrgangan naqsh namunalarini isteʼdodlari darajasida boyitib borganlar, N.ni rivojlantirganlar. Oʻzbekiston hududi (turli mintaqalari)da oʻziga xos boʻlgan N. maktablari shakllangan. Shunga koʻra, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Fargʻona vodiysi, Toshkent N. i ayrim oʻziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanadi. 20-asr oʻrtalaridan N. bezak mujassamotlariga tasvirlar (meʼmoriy obi-dalar, kishilar portretlari va boshqalar) ham kiritila boshlandi. Jumladan, kandakori buyumlar bezagida meʼmoriy obi-dalar, chinni buyumlar bezagida esa atoqli kishilarning portretlari va boshqa oʻz ifodasini topdi.

20-asr 90-yillaridan N. ustalari ijodiy markaz va uyushmalarga birlashgan holda ijod qilmoqda. "Us to" "Musavvir", "Hunarmand" ustalari ijodi diqqatga sazovor. N. keng taraqqiy etgan boʻlib, ustalar yangi qurilayotgan inshootlarda hamda madaniy yodgorliklarning taʼmirida faol ishtirok etmoqda. Bevosita ularning ishtirokida "Oqsaroy" qarorgohi, Oliy Majlis binosi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, "Turkiston" konsert zali, Oʻzbekiston konservatoriyasi binolari bezalgan. Us t a naqqoshlardan M. Toʻrayev, A. Ilhomov, S Mahmudov, Q. Shoislomov, H. Nuraliyev, S. Shukurov va boshqa N. rivojiga katta hissa qoʻshdilar. N. buyumlari bilan ustalar xorij koʻrgazmalarida qam faol qatnashadi.

Malakali naqqosh ustalar qadimdan usta-shogird usulida tayyorlangan. Hozirgi kunda ham shu usulda naqqosh ustalar tayyorlash saqlangan, shuningdek, maxsus bilim yurtlari, kollejlarda, ba-diiy markazlarda N. boʻyicha ham muta-xassislar tayyorlanadi.

Poʻlat Zohidov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil