Kaufman lolasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kaufman lolasi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: O‘simliklar
Tip: Gulli
Sinf: Bir pallali
Oila: Loladoshlar
Urugʻ: Lola
Turlari: Kaufman lolasi
Xalqaro ilmiy nomi
Tulipa kaufmanniana (Regel, 1877)

Kaufman lolasi ( lotincha: Tulipa kaufmanniana) — Loladoshlar (Liliaceae) oilasiga mansub lola (Tulipa) turkumiga kiruvchi bir pallali o‘simlik turi.

Bu o‘simlik turini birinchi marta rus botanigi Eduard Lyudvigovich Regel 1877-yilda Chirchiq daryosi havzasi (O‘zbekiston) yaqinida to‘plagan namunalari asosida qayd etadi. Uning nomi Turkiston o‘lkasi general-gubernatori Konstantin fon Kaufman sharafiga berilgan, sababi aynan u XIX asrning 60-yillarni oxirida Rossiya havaskor tabiatshunoslari jamiyatining olimlarini ushbu hudud tabiatini o‘rganishda ishtirok etishga taklif qilgan.

Kaufman lolasi guli
Kaufman lolasi SSSR pochta markasi 1960-yil

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu o‘simlikning piyozchasi qalinligi 4 sm.gacha, jigarrang ignalari bor. Ildizlari bir yillik hisoblanadi. Poyasi 10 dan 50 sm.gacha, ko‘pincha antosianinlar bilan bo‘yalgan. Barglari — 2 dan 4 tagacha, kulrang, keng, lansetsimon, biroz og‘gan yoki biroz egilgan shakl ko‘rinishga ega. Gul yakkam-dukkam, diametri taxminan 8 sm. va balandligi 10 sm. — gulkosasi yulduzsimon, tepalari uchli yoki to‘mtoq. Gullarining rangi — oq, oqish, tillarang, sap-sariq, olovrang, och qizil, deyarli alvon tusda ham uchraydi. Barcha navlar uchun bu turning o‘ziga xos xususiyati: barglarining tashqi tomonidagi kontrast yo‘lli chiziqlar hosil bo‘ladi.

Bu o‘simlikning noyob sariq turlari qizil dog‘li, gulbargchalarining ichki tomoni gulkosasi bilan o‘ralgan. Gulning bunday shakli gidrid yoki chimyon lolasi (Tulipa × tschimganica) Ugom tepaliklarida uchraydi.

Gulning o'rtasida to'psimon sarg'ish, chiziqli gulchanglari va jigarrang yoki binafsha rangdagi changdoni joylashgan. Gulchangdoni  tuksiz, sariq, gulchanglaridan 3-4 marta uzunroq, burama shaklda. Urug‘doni bir oz qisqaroq, deyarli o'zgarmas. Mevasi quticha shaklida bo'lib, uzunligi 7 sm.gacha va kengligi 2 sm.gacha, urug'lar soni 270 tagacha. U ko‘p urug'li va vegetativ shaklda ko‘payadi.

Ekologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu gul turi soyali yonbag‘irlarni, buta chakalakzorlarini, kamdan-kam hollarda tez-tez tog‘larning pastdan yuqori kamariga qadar toshli yonbag‘irlarini afzal ko‘radi.

Tabiatda Greyg lolasi (Tulipa greigii) bilan duragaylari, ayrim holatlarda esa shubhali lolalar (Tulipa dubia) shaklida uchraydi.  

Tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kaufman lolasi — Markaziy Osiyoning endemik o‘simligidir. Yovvoyi shakli faqat Qozog‘iston (Qoratov tizmasining janubi-sharqiy qismi va Gʻarbiy Tyan-ShanJambil va Janubiy Qozog‘iston), O‘zbekiston, Qirg‘iziston va qisman Tojikistonda, Tyan-Shan tog‘ tizmasida ham uchraydi.

Muhofaza choralari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mazkur tur SSSR Qizil kitobiga kiritilgan. Hozir Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston Qizil kitoblariga ham bor. Chotqol biosfera qo‘riqxonasida va Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘ida muhofazaga olingan. Tabiatdagi tuplarining holatini nazorat qilish, gullarini terishni taqiqlash, ular orasidan manzarali shakllarini ajratib olish va yetishtirish lozim[1].

Kaufman lolasi 'Hearts Delight' London bog'ida

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „КАУФМАН ЛОЛАСИ“. Redbook.uz. 2022-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-oktyabr.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]