Qoratov (togʻ)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

QoratovTyanshan togʻlarining shimoli-gʻarbiy tarmogʻi. Uzunligi 420 km dan ziyod. Qozogʻistonning Jambul, Janubiy Qozogʻiston va Qiziloʻrda viloyatlari hududida joylashgan. Shimoli-sharqdan ChuSarisuv, janubiy va janubi-gʻarbdan Sirdaryo botiqlari bilan oʻralgan. Eng baland joyi 2176 m (Bessoz togʻi).

Q.ning suvayirgʻich qismi tekislangan yuzalardan iborat. Yon bagʻirlari asimmetrik tuzilishga ega: Shimoli-sharqiy yon bagʻri tik. Tizma gersin burmalanishi davrida shakllangan va yangi tektonik harakatlar taʼsirida koʻtarilayotgan gumbazsimon-palaxsa tipidagi antiklinoriydir. Slanets, qumtosh, konglomerat, gneys, ohaktosh, dolomitlardan tashkil topgan. Quyi paleozoy davri ohaktoshlari, ayniqsa, keng tarqalgan. Bularda karst jarayonlari yaxshi rivojlangan boʻlib, karst voronkalari, botiqlari, gʻorlari kabi relyef shakllari hosil boʻlgan. Q.da yirik fosforit va polimetall ruda konlari (Mirgʻalimsoy, Kentov, Achisoy va boshqalar) ochilgan va qazib olinmoqda.