Antotsianinlar
Qiyofa
Antotsianinlar — kislorodli rangdor geterotsiklik birikmalar (antotsianidinlar)ning glikozidlari. Antotsianin oʻsimliklar tanasi, guli va mevasiga har xil rang berib turadi. Oʻsimlik rangi faqat Antotsianinga emas, balki oʻsimlik hujayralaridagi suyuklik miqdoriga hamda Antotsianining qanday metall bilan birikkanligiga ham bogʻliq. Masalan, Antotsianinning temir bilan hosil qilgan birikmasi qizil, molibden bilan koʻk va pushti, nikel yoki mis bilan esa oq boʻladi. Antotsianin kislotalar bilan qoʻshib qaynatilganda (yoki fermentlar taʼsirida) shakarga va antotsianidinlarga ajraladi. Antotsianning shakar qismi, koʻpincha, glyukoza, ramnoza, galaktoza boʻlishi mumkin.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |