Kontent qismiga oʻtish

Kasallik vektori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Insonni chaqayotgan chivin. Ortiqcha suyuqlikni chiqarib yuboryapti. Chivinlar bezgak tarqatuvchisi hisoblanadi.

Kasallik vektori – Parazit, mikrob va shu kabi yuqumli patogen omillarni bir organizmdan boshqasiga olib yurib tarqatuvchi har qanday tirik mavjudot. Vektor sifatida qabul qilingan agentlardan eng asosiylari pashsha, chivin kabi qon soʻruvchi hasharotlar hisoblanadi. Kasallik tarqatuvchilari 1897-yilda Ronald Ross tomonidan aniqlangan. U birinchi boʻlib chivinlarning oshqozonida yashaydigan bezgak tarqatuvchisini topgan[1][2][3].

Artropodlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ixodes scapularis. Lyme kasalligi patogenlarining vektori.

Patogen mikroblarni tarqatadigan eng katta guruh artropodlar boʻlib, ular chivin, pashsha, bitlar, burgalar bilan birga patogen vektorlarning eng katta guruhini tashkil qiladi. Ular barchagi gematofaglar hisoblanib, hayoti davomida yoki baʼzi davrlarida qon bilan oziqlanadi. Hasharot qon bilan oziqlanganda patogen bemor tanasidan qon orqali hasharot tanasiga kirib joylashadi va shu yoʻl bilan keyingi organizmga tarqaladi[4][5]. Tarqatuvchisi bezgak, filariaz, turli antrapodlar boʻlgan viruslar (arboviruslar) Anofel chivinlari tomonidan ham uy xoʻjaliklari yaqinida olib yuriladi. Chivin odamni chaqqanida soʻlak bezlari tarkibida uchraydigan viruslar odam tanasi qon oqimiga tushadi va tarqaladi. Qum pashshasi va qora pashsha kabi hovuz, koʻllarda uchraydigan pashshalar leyshmanioz, onxosekroz qoʻzgʻatuvchilarining vektori hisoblanadi[6][7].

London gigiena va tropik tibbiyot maktabidagi ushbu sanʼat asarida 10 xil hayvon vektorlarini koʻrsatilgan.

Chagas kasalligini keltirib chiqaradigan tripanasoma cruzi triatom qandalalari tomonidan tashiladi. Triatom hasharotlar ovqatlanishda iflos joylardan parazitni yuqtirib oladi va uy egasiga tasodifan ochiq yaralar orqali yuqadi[8][9][10][11]. Bundan tashqari tospoviruslar kabi oʻsimliklardagi patogen mikroorganizmlarni tashiydigan 20 dan ortiq trips vektorlari mavjud[12][13].

Oʻsimliklar va zamburugʻlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻpchilik oʻsimlik va zamburugʻlar ham turli patogen mikroblarni yuqtirishda omil boʻlib hizmat qiladi. Viruslar zamburug sporalari, zoosporalar, oʻsimliklarning barg, novda kabi qismlari orqali ham inson organizmiga tushishi mumkin. Masalan Olpidium brassicae kasallik qoʻzgaʼtuvchisi zamburugʻlarning zoosporalarida topilgan[14]. Oʻsimliklar orasida ekinlarga katta ziyon yetkazadigan zararkunandalar yovvoyi oʻsimliklardagi kasalliklarni tashish orqali madaniy ekinlarni zararlovchi vektor boʻlishi mumkin. Vektorlar toʻgʻridan toʻgʻri bir oʻsimlikdan boshqasiga oʻtadi hamda Cuscuta va Cassytha kabi parazitlar ular orqali fitoplazmaga kirib virusli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin[15].

Sutemizuvchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sutemiruvchilar orasida quturish kasalligi keng tarqalgan. Quturish viruslari kasal hayvonning soʻlagi orqali yuqadi va miya toʻqimalariga taʼsir qiladi. Quturish virusi barcha sutemizuvchi hayvon tanasida passiv holda boʻlishi mumkin. Ammo uning asosiy vektori itlar, boʻrsiqlar, koʻrshapalaklar hisoblanadi[16].

Vektorli zoonoz kasallik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rasmda Flavivirusning Gʻarbiy Nil virusi kasalligi va Denge isitmasini keltirib chiqarishda chivinlar tomonidan tarqatilishi koʻrsatilgan.

2014-yilgacha boʻlgan maqolalarda zoonoz kasalliklarning tarqalishida inson vektor omilining ham oʻrni kattaligi yoritilgan. The Lancet tibbiyot jurnalida yerdan notogʻri foydalanish, savdo globallashuvi, iqlim oʻzgarishlari natijasida butun dunyo boʻyicha zoonoz kasalliklar soni ortayotgani maʼlum qilingan. Vektorli zoonoz kasalliklarga Lyme kasalligi, Gʻarbiy Nil virusi kabilar kiradi. Ularning tashuvchilari hayvonlar va odamlar hisoblanadi[17]. Bundan tashqari odamlar tamaki mozaikasi virusining ham vektori boʻlib, oʻsimliklar orasida uni jismoniy yoʻl tarqalishiga yordam beradi.

Oldini olish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) vektor orqali tarqaladigan kasalliklarni atrof-muhit bilan aloqalarini oʻrganish boʻyicha „Small bite, big threat“ (Kichik luqma, katta tahdid) shiori ostida maʼlumot beruvchi tashkilotni yoʻlga qoʻydi[18]. Tashkilot kasallik vektorlarining kambagʻal, uy-joylar, ichimlik suvi bilan yetarlicha taʼminlanmagan hududlarda yashovchi insonlar orasida koʻp uchrashini aniqladi[19]. Hisob-kitoblarga koʻra, dunyo aholisining 80% dan ortigʻi vektor orqali yuqadigan kasalliklar uchraydigan hududlarda istiqomat qiladi[20][21].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Vector“. WordNet Search 3.1. Princeton University. Qaraldi: 2014-yil 7-aprel.
  2. A Dictionary of Epidemiology. New York: Oxford University Press, 2001 — 185 bet. ISBN 978-0-19-514169-6. OCLC 207797812. 
  3. Prevention, CDC-Centers for Disease Control and „CDC - Malaria - About Malaria - History - Ross and the Discovery that Mosquitoes Transmit Malaria Parasites“ (en-us). www.cdc.gov (2017-yil 28-mart). Qaraldi: 2020-yil 23-oktyabr.
  4. „Classification of Animal Parasites“. plpnemweb.ucdavis.edu. 2017-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-fevral.
  5. Garcia, Lynne S. (August 15, 1999). "Classification of Human Parasites, Vectors, and Similar Organisms". Clinical Infectious Diseases 29 (4): 734–736. doi:10.1086/520425. PMID 10589879. 
  6. „8.20D: Arthropods as Vectors“ (2017-yil 23-iyun).
  7. „PEOI Foundations of Public Health“.
  8. „CDC - Chagas Disease - Detailed Fact Sheet“ (2022-yil 11-aprel).
  9. „Coronavirus disease 2019 (COVID-19) from Mayo Clinic - Mayo Clinic“. Mayo Clinic.
  10. „CDC - Chagas Disease - General Information“ (2022-yil 13-aprel).
  11. „Chagas disease“.
  12. „Thripidae - an overview | ScienceDirect Topics“.
  13. „Thysanoptera - an overview | ScienceDirect Topics“.
  14. R. S. Mehrotra. Fundamentals of Plant Pathology. Tata McGraw-Hill Education, 2013 — 342– bet. ISBN 978-1-259-02955-4. 
  15. Peter W. Price. Evolutionary Biology of Parasites. Princeton University Press, 1980 — 61– bet. ISBN 0-691-08257-X. 
  16. „Raccoons and public health“ (en). The Humane Society of the United States. Qaraldi: 2022-yil 1-aprel.
  17. University of California - Santa Cruz.. „Emerging vector-borne diseases create new public health challenges“ (2012-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 7-aprel.
  18. „Handbook for Integrated Vector Management“. World Health Organization. Qaraldi: 2015-yil 3-dekabr.
  19. Parrish, Ryan. „WHO focuses on vector-borne diseases for World Health Day 2014“ (2014-yil 7-aprel). Qaraldi: 2014-yil 7-aprel.
  20. „Vector-borne diseases“ (en). www.who.int. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
  21. Qureshi, Yasser M.; Voloshin, Vitaly; Facchinelli, Luca; McCall, Philip J.; Chervova, Olga; Towers, Cathy E.; Covington, James A.; Towers, David P. (2023-03-21). "Finding a Husband: Using Explainable AI to Define Male Mosquito Flight Differences" (en). Biology 12 (4): 496. doi:10.3390/biology12040496. ISSN 2079-7737. PMID 37106697. PMC 10135534. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=10135534. 

Tashqi linklar[tahrir | manbasini tahrirlash]