Sporalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sporalar (yun. spora — sochish, sepish, ekish, urugʻ) — 1) zamburugʻlar va oʻsimliklarda koʻpayish uchun xizmat qiladigan maxsus hujayra. Zamburugʻlar va tuban oʻsimliklarda mitoz (mitosporalar), yuksak oʻsimliklarda meyoz (meiosporalar) boʻlinish natijasida vujudga keladi. Hosil boʻladigan joyiga binoan, S. endosporalar va ekzosporalarga ajratiladi. Tuban suv oʻsimliklari S.i (zoosporalar)ning harakatlanish organi — xivchinlari boʻladi. Qurukdikda oʻsadigan yuksak oʻsimliklarda S. xivchinsiz; qattiq qobiq bilan oʻralgan; shamol yordamida tarqaladi. S. oʻlchami 3—5 mkm dan 25—50 mkm, baʼzan 200 mkm gacha (ipsimon suvoʻtlar). S. oval, silindrsimon, sharsimon, ipsimon va boshqa shaklda; sirti gʻadirbudur, har xil oʻsimtalari boʻladi. Sirti qobiq bilan oʻralgan S. 10 kundan 3—5 yilgacha, baʼzan 25 yilgacha (qorakuya) hayotiy xususiyatlarini yoʻqotmaydi.

Ayrim zamburugʻlar 1 sutka davomida 30 mln. spora hosil qiladi. Bugʻdoy donida 8 mln.dan 20 mln.gacha, bitta boshogʻida 200 mln.gacha spora hosil boʻladi. Plaunlar S.i dan tibbiyot, metall quyish, togʻ jinslari yoshini anikdashda foydalaniladi; 2) bir hujayrali parazit hayvonlarda qalin pust bilan qoplangan bir yoki koʻp hujayrali hosila. Tarqalish va noqulay sharoitdan himoya kilish vazifasini bajaradi; 3) bakteriyalar va arxeobakteriyalarda tinch holatdagi reproduktiv hujayra. Hayot sikli oxirida vujudga keladi. Koʻpayish va noqulay sharoitdan himoya qilish vazifasini bajaradi. Ona hujayra ichida (endospora) bittadan hosil boʻladi. Yuqori harorat, suvsizlik, radiatsiya, erituvchilar va boshqa noqulay sharoitlarga chidamli. S. qulay muhitga tushganida koʻkarib chiqib, yangi vegetativ xujayra hosil qiladi.