Koʻrshapalaklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Koʻrshapalaklar (Microchiroptera) — qoʻlqanotli sut emizuvchilar kenja turkumi. Mevaxoʻr qoʻlqanotlilarga nisbatan kichik (tanasining oʻz. 2,5 sm dan 14 sm gacha) va uchishga koʻproq moslashgan, quloq suprasi kengroq. Keyingi oyoqlarining tovonida togʻay pix boʻlib, unga uchish pardasining keyingi uchi tutashgan. Tishlari hasharotxoʻrlarnikiga oʻxshash tuzilgan, oziq tishlarining qirralari oʻtkir. Koʻzlari yaxshi koʻrmaydi. K. mukammal exolokatsiya xususiyatiga ega; atrofdagi narsalarning holatini (jumladan, oʻljasini) eshitish organlari orqali qabul qilinadigan ultratovush signallari yordamida aniqlaydi. K.ning eshitish organlari 0,2 ms dan 100 ms gacha davom etadigan 20—120 kTs chastotali qisqa ultratovush impuls larini qabul qiladi. Bunday signallar boʻgʻizda hosil boʻlib, ogʻiz yoki burun orqali tarqaladi. K. exolokatsiya orqali diametri 0,1—0,08 mm gacha boʻlgan sim toʻsiqlarni sezishi aniqlangan. Exolokatsiya orqali sezish 10– 15 m dan oshmaydi. 650 ga yaqin turi, jumladan, Oʻzbekistonda 19 turi maʼlum. Tunda yoki shomda faol uchib, oziq qidiradi. Koʻpchilik turlari, jumladan, Oʻzbekistonda tarqalgan barcha K. qasharotlar bilan oziqlanadi. Koʻpchilik turlari tropik va suptropik iqlimda tarqalgan. Ayrim tropik turlari mevalar, gul nektari va changi, issiqqonli hayvonlarning qoni, sut emizuvchilar, sudralib yuruvchilar va baliqlar bilan oziqlanadi. Daraxtlar kovagi, toshlar yorigʻi, gʻorlar va imoratlardagi pana joylarni oʻziga makon qilib oladi. Minglab individlardan iborat koloniya hosil qiladi. Ayrim gʻorlarda K. koloniyasidagi individlar soni 20 mln.ga yetishi aniqlangan. Moʻʼtadil va sovuq ikdimda tarqalgan K. geteroterm boʻlib, ularning tana harorati tashqi muhit harorati taʼsirida oʻzgarib turadi. Koʻpchilik shimol K.i 7—8 oylik qishqi uyquga ketadi. Odatda, gʻorlar, tashlandiq shaxtalar va chuqur yoriqdarda qishlaydi. Bir qancha turlari qishlash uchun jan.ga uchib ketadi. Yidda bir marta 1—2 tadan koʻzi yumuq, yungsiz bola tugʻadi. 20 yilgacha yashaydi. K. tungi hasharotlarni, jumladan, qishloq xoʻjaligi zararkunandalari, qonxoʻr ikki qanotlilarni kirib juda katta foyda keltiradi. Oʻsimlikxoʻr turlari gullarni changlantiradi va urugʻlarni tarqatadi. Amerikadagi ayrim K. odamlar orasida qutirish kasalligi virusi va ayrim infeksiyali kasalliklarni tarqatishi aniqlangan. Bir qancha turlari muhofaza qilinadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil