Kontent qismiga oʻtish

Zoosporalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zoosporalar (zoo... va yun. spora — urugʻ) — koʻpchilik suv oʻtlari va tuban zamburugʻlarning jinssiz koʻpayishi va tarqalishi vazifasini bajaruvchi harakatchan hujayrasi. 3. xivchinlar yordamida harakatlanadi. Xivchinlar soni har xil turlarda turlicha (koʻpincha 2, baʼzan 4 yoki koʻproq) boʻladi. Z.da sellyuloza qobigʻi boʻlmaydi. Koʻpchilik suv oʻtlari Z.sining koʻzchasi, qisqaruvchi vakuoli (qarang Vakuolalar) va koʻgtincha xromatoforlari boʻladi. 3. ona hujayradan boʻlinish orqali koʻpayadi. Ona hujayra poʻsti yorilgach, tashqariga chikali va suzib yuradi. Bir ozdan soʻng 3. harakatdan toʻxtaydi; xivchinini tashlab, yangi oʻsimlik yoki zamburugʻga aylanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil