Johnny Depp
Johnny Depp | |
---|---|
![]() Depp 2019-yilda | |
Tugʻilishi |
John Christopher Depp II 9-iyun 1963-yil (57 yosh) |
Fuqaroligi |
![]() |
Kasbi | aktyor, rejissor, produser, musiqachi |
Mukofotlari | Oltin globus (2008) |
IMDb | ID 0000136 |
John Christopher Depp II (1963-yil 9-iyunda tugʻilgan) — amerikalik aktyor, film rejissor, musiqachi, ssenariynavis va film produser. Oscar, Oltin globus va BAFTA mukofotlari nomzodi hamda Oltin globus mukofoti sohibi.[1]
Deppning filmlari Amerika Qoʻshma Shtatlarida $3 milliard, dunyo boʻylab $8 milliard dollardan ortiq foyda keltirgan. Aktyor ishtirokidagi eng muvaffaqiyatli loyihalardan „Karib dengizi qaroqchilari“ franshizasi ($3,7 milliard dollardan ortiq), „Alisa moʻjizalar mamlakatida“ ($1 milliard dollardan ortiq), „Charlie va Shokolad Fabrikasi“ ($474 million dollar) va „Turist“ ($278 million dollar) filmlarini misol keltirish mumkin.
Biografiya[tahrir]
Depp Owensboro, Kentucky shahrida tugʻildi. Uning otasi Katta John injener boʻlib, onasi esa ofitsiantka boʻlib ishlar edi.Uni ikki ta singlisi va bitta ukasi bor edi. Bolaligini birga kechirgan buvasining oʻlimi uning ruxiy holatiga yomon taʼsir qiladi. Floridaga koʻchish ham unga yaxshi taʼsir koʻrsatmaydi. 12 yoshida chekishni boshlaydi, keyinchalik narkotik qabul qila boshlaydi. U 15 ga toʻlganida ota-onasi ajrashadilar.
Aynan oʻsha paytlarda Depp musiqaga qiziqib qoladi. U musiqaga Ouensboroda, buvasi bilan cherkovga borgan paytlari qiziqishni boshlagan edi. Floridada onasi unga gitara sovgʻa qiladi. Uni chalishni oʻzi oʻrganib oladi va Floridaning kecha klublarida sahna olgan „The Kids“ guruhiga kiradi. 16 yoshligida esa Depp butun umrini musiqaga bagʻishlash maqsadida maktabni tashlaydi. Guruh yutuqlarning yoʻlini olib Los Anjelesga koʻchadi. Hozirda Depp „P“ guruhida oʻynaydi. Yaqinda bu guruhning ochilish konserti boʻlib oʻtdi. Johnnyning yana bir qiziqishi bu rasm chizish. Oʻz guruhlarining albom muqovasi uchun oʻzi rasm chizgan. Bular bilan bir qatorda Depp adabiyotga qiziqadi. Uning sevimli avtorlaridan biri Jack Kerouac. Uning ijodi oʻsmirlik chogʻida Deppning dunyoqarashiga katta taʼsir qilgan.
20 yoshligida oʻzidan 5 yosh katta Lori Anne Allison bilan uylanadi. U Deppni Nicolas Cage bilan tanishtiradi. Shunday qilib uning aktyorlik hayoti boshlanadi. Birinchi filmi „A Nightmare on Elm Street“. Lekin musiqa baribir u uchun birinchi oʻrinda edi. Lekin afsuski musiqiy guruhlari tarqaladi. Keyinchalik Depp TV Shoularda chiqadigan boʻldi. „Edward Scissorhands“ filmida Winona Ryder bilan tanishadi va nishonlanadilar.
1994-yil Kate Moss bilan nishonlanadi. Deppning kino karyerasi borgan sari yuksalib borayotgan edi. 1998-yil Moss bilan ajrashadilar va Depp fransuz qoʻshiqchi va aktrisa Vanessa Paradis bilan tanishadi va Fransiyaga koʻchib keladi. Ularning hozirda Lily-Rose Melody(1999) va Jack(2002) nomli bolalari bor.
2004 yili Pirates of the Caribbean: The Curse of the Black Pearl filmidagi Kapitan Jack Sparrow roli uchun Oscarga nomzod boʻladi. Ikkinchi nomzodlikni Finding Neverland filmi orqali oladi.
Johnny Deppning Gollivud shon-shuhrat hiyobonida oʻz yulduzi bor. Ikki martta Oscar, 6 marta Oltin Globus nomzodi boʻlgan boʻlsa-da, Deppga hech qachon bu sovrinlar berilmadi.
Filmografiya[tahrir]
Havolalar[tahrir]
- Johnny Depp biografiyasi Arxivlandi 2007-10-11Wayback Machine saytida.
![]() |
Wikimedia Commonsda Johnny Depp mavzusiga oid fayllar bor. |
- ↑ Labrecque, Jeff (June 8, 2012). Tom Cruise, Johnny Depp, and the state of the modern Movie Star. Entertainment Weekly.
- ↑ Johnny Depp A Nightmare on Elm Street. johnnydeppmovieslist.org. Asl nusxadan arxivlandi (2015-02-04). February 21, 2015.
- ↑ 13 fun Freddy facts as 'A Nightmare on Elm Street' turns 30. Syracuse Media Group (October 31, 2014). December 15, 2014.
- ↑ Chris Nashawaty (March 26, 2014). 24 Stars' Worst Movies. Entertainment Weekly. December 15, 2014.
- ↑ Britt Haye (December 7, 2013). See the Cast of 'Platoon' Then and Now Read More: See the Cast of 'Platoon' Then and Now. Screen Crush. December 15, 2014.
- ↑ Johnny Depp Makes Surprise Appearance at Hollywood Cemetery 'Cry-Baby' Screening. The Hollywood Reporter (August 19, 2013). December 15, 2014.
- ↑ The 100 Greatest Movie Characters. Empire Online. December 15, 2014.
- ↑ (2008) Johnny Depp: A Biography. Westport, Conn.: Greenwood Press, 67. ISBN 9780313343001.
- ↑ Arizona Dream Movie Review & Film Summary (1995). Roger Ebert Online (January 6, 1995). December 15, 2014.
- ↑ Benny and Joon Movie Review and Summary (1993). Roger Ebert Online (April 16, 1993). December 15, 2014.
- ↑ 'Gilbert Grape' at 20: When Johnny met Leo.... Entertainment Weekly (February 16, 2014). December 15, 2014.
- ↑ Ed Wood Movie Review & Film Summary (1994). Roger Ebert Online (October 7, 1994). December 15, 2014.
- ↑ Hipes, Patrick (August 6, 2018). Johnny Depp’s ‘City Of Lies’ Movie Pulled From Release Schedule. deadline. August 6, 2018.