Kontent qismiga oʻtish

Charlie va shokolad fabrikasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Charlie va shokolad fabrikasi
Charlie and the Chocolate Factory

Film posteri
Rejissyor(lar) Tim Burton
Prodyuser(lar)
  • Brad Grey
  • Richard D. Zanuck
Ssenariy
muallif(lar)i
John August
Qaysi asarga
asoslangan
Charlie and the Chocolate Factory
Rollarda
Hikoyachi(lar) Geoffrey Holder
Bastakor(lar) Danny Elfman
Operator(lar) Philippe Rousselot
Montajyor(lar) Chris Lebenzon
Studiya
  • The Zanuck Company
  • Plan B Entertainment
  • Village Roadshow Pictures
Distribyutor Warner Bros. Pictures
Premyera
sanasi
Davomiylik 115 daqiqa[1]
Mamlakatlar
Til inglizcha
Byudjet $150 million[4]
Daromad $475 million[5]

Charlie va shokolad fabrikasi (inglizcha: Charlie and the Chocolate Factory) — 2005-yilda suratga olingan, rejissyor Tim Burton va ssenariy muallifi John August boʻlgan, Roald Dahlning 1964-yildagi xuddi shu nomdagi bolalar romani asosida ishlangan fentezi filmi. Filmda Johnny Depp Willy Wonka rolini, Freddie Highmore Charlie Bucket rolini ijro etadi; shuningdek, filmdagi rollarni David Kelly, Helena Bonham Carter, Noah Taylor, Missi Pyle, James Fox, Deep Roy va Christopher Leelar oʻynagan. Syujet Charlining yana toʻrt nafar bola bilan birga tanlovda qatnashib, gʻolib boʻlishi va Wonka tomonidan uning shokolad fabrikasi boʻylab sayohatga boshchilik qilinishi atrofida kechadi.

Charlie va shokolad fabrikasi asarining ekranga ikkinchi marotaba chiqishi uchun moslashtirish ishlari 1991-yilda boshlangan va buning natijasida Warner Bros. Pictures Dahl merosxoʻrlariga toʻliq badiiy nazorat huquqini bergan. Burton loyihaga jalb etilishidan avval, studiya Wil­ly Wonka roliga bir necha rejissyor va aktyorlar bilan muzokaralar olib borgan va nomzodlar ishini koʻrib chiqqan. Burton darhol oʻzining doimiy hamkorlari Depp va Danny Elfmanni loyihaga taklif qildi. Charlie va shokolad fabrikasi Burton suratga olgan birinchi musiqiy film boʻlib, Elfman 1993-yildagi Rojdestvodan oldingi dahshatli tundan beri ilk bor film uchun yozma qoʻshiqlar va oʻz ovozi bilan saundtrek yaratgan.

Suratga olish ishlari 2004-yil iyunidan dekabriga qadar Buyuk Britaniyadagi Pinewood studiyalarida boʻlib oʻtdi. Kitobda fakturaga (teksturaga) urgʻu berilganidan ilhomlangan holda, Burton asosan qurilgan dekoratsiyalar va amaliy effektlardan foydalandi, kompyuterda yaratilgan muhitlardan esa kamroq foydalandi. Wonkaning Shokolad xonasi Pinewooddagi 007 sahnasida qurildi, u yerda soxta shokolad sharsharasi va daryosi barpo etildi. Veruca Saltning sayohatdan chetlashtirilish sahnasi uchun sichqonlar tugʻilganidan boshlab oʻrgatilgan. Aktyor Deep Roy har bir Umpa-Lumpa obrazini alohida ijro etgan, yaʻni ularning ijrosi raqamli usulda koʻpaytirilmagan. Burton filmni oʻzi rejissyorlik qilgan Oʻlik kelin nomli qoʻgʻirchoq animatsion filmi bilan bir vaqtda suratga olgan.

Willy Wonka mavzusidagi shokolad batonchalari sotuvga chiqarildi va filmning marketing kampaniyasi doirasida Oltin chiptalar tanlovi yoʻlga qoʻyildi. Filmni Broadway teatridagi musiqiy sahna asari orqali targʻib qilish boʻyicha dastlabki rejalar esa amalga oshmadi. Charlie va shokolad fabrikasi premyerasi 2005-yil 10-iyulda boʻlib oʻtdi, 15-iyul kuni esa AQShda ijobiy tanqidiy baholar ostida namoyish etildi. Tanqidchilar filmning vizual jozibadorligi va qoramtir ohangini yuqori baholadilar. Film kinoijara boʻyicha muvaffaqiyat qozonib[6][7], 475 million AQSh dollari daromad keltirdi va 2005-yilda dunyo boʻyicha eng koʻp daromad keltirgan sakkizinchi film boʻldi. Film 78-Oskar mukofotlarida Eng yaxshi liboslar nominatsiyasiga sazovor boʻldi, Depp esa “Oltin globus” mukofotining Eng yaxshi aktyor – musiqiy yoki komediya nominatsiyasiga nomzod boʻldi. Bu hozirga qadar Tim Burton suratga olgan filmlar ichida daromad boʻyicha ikkinchi oʻrinni egallaydigan film hisoblanadi.

  1. CHARLIE AND THE CHOCOLATE FACTORY (PG)“. British Board of Film Classification (23-iyun 2005-yil). 8-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-avgust 2015-yil.
  2. http://www.bfi.org.uk/films-tv-people/4ce2b8a8a671f
  3. „LUMIERE : Film: Charlie and the Chocolate Factory“.
  4. Chris Nashawaty.. „Cover Story: The Truth About 'Charlie'“. Entertainment Weekly (8-iyul 2005-yil). 2009-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-iyun 2009-yil.
  5. „Charlie and the Chocolate Factory (2005)“. Box Office Mojo. Amazon.com. Qaraldi: 12-aprel 2011-yil.
  6. Browne, Ryan „Netflix buys the entire catalog of 'Charlie and the Chocolate Factory' author Roald Dahl“. CNBC (2021-yil 22-sentyabr). 2022-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-noyabr.
  7. , arxivsana= parametri ham koʻrsatilishi zarur. Mendelson, Scott „Why Netflix's Big Roald Dahl Acquisition Is A Huge Risk“. Forbes (2021-yil 23-sentyabr). 2022-yil 5-noyabrda asl nusxadan [ arxivlangan]. Qaraldi: 2022-yil 5-noyabr.