Corpse Bride (tarjimasi „Marhuma kelin“) 2005-yilda ekranlarga chiqarilgan musiqiy va qora fentezi janrlarida suratga olingan AQSh animatsionfilmidir[4]. Tim Burton Productions, Laika va Patalex II Productions studiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan hamda Warner Bros. Pictures tomonidan tarqatilgan. Film rejissori — Mike Johnson va Tim Burton, ssenariynavislari — John August, Caroline Thompson va Pamela Pettler. Filmda bosh qahramonlarga ovoz berganlar sirasiga Johnny Depp, Helena Bonham Carter, Emily Watson, Albert Finney, Joanna Lumley va Christopher Lee kiradi. Ushbu multfilmda dahshatli voqealar hazil orqali koʻrsatib beriladi.
Baliq savdosi bilan shugʻullanadigan badavlat kimsaning oʻgʻli Victor Van Dort va Victoria Everglot ismli aslzoda qiz bilan turmush qurishi kerak boʻladi. Ammo marosimga tayyorgarlik chogʻida asabiylashganidan gaplarini adashtirib yuborgan yigit tinchlanish uchun oʻrmonga qochib ketadi. U yerda nutqini xatosiz takrorlashni uddasidan chiqadi. U daraxt shoxi deb oʻylab uzuk kiydirgan narsa Emily ismli marhum kelinning barmogʻi boʻlib chiqadi. Shundan keyin kelin „uygʻonib“, Victorni narigi dunyoga tortib ketadi.[5]