W. Eugene Smith

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
William Eugene Smith
Tavalludi
William Eugene Smith

30-dekabr 1918-yil
Vafoti 15-oktyabr 1978-yil(1978-10-15)
(59 yoshda)
Tucson, Arizona, U.S.
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Fotojurnalist
Faoliyat yillari 1934-1978
Turmush oʻrtogʻi
Aileen Mioko (turm. 1971)

William Eugene Smith (1918-yil 30-dekabr — 1978-yil 15-oktyabr) amerikalik fotojurnalist.[1] U „foto esselarni tahlil qilishning rivojlanishiga hissa qoʻshgan eng muhim amerikalik yagona fotograf“ sifatida taʼriflangan.[2] Uning asosiy fotosessiyalariga Ikkinchi Jahon urushi fotosuratlari, amerikalik qishloq shifokori va hamshiraning hikoyalari aks etgan tasvirlar, Fransiya Ekvatorial Afrikasidagi Albert Shvaytser klinikasi, Pitsburg shahri va Yaponiyadagi Minamata qishlogʻi aholisining sogʻligiga zarar yetkazgan ifloslanishning tasvirlari kiradi.[3] U 1948-yilda suratga olgan "Mamlakat shifokori " nomli foto essesi "birinchi kengaytirilgan foto hikoya " sifatida tan olingan.[2]

Hayoti va ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

William Eugene Smith 1918-yil 30-dekabrda Kanzas shtatining Vichita shahrida tugʻilgan. Uning ota-onasi William X. Smith va Netti (née Li)lardir. Smith ulgʻaygach, parvoz qilishga va aviatsiyaga qiziqib qoladi va 13 yoshida onasidan samolyotlarning fotosuratlarini olib berishini soʻraydi. Ammo onasi unga rasmlarning oʻrniga fotoapparat sovgʻa qiladi. Unga mahalliy aerodromga borishni va samolyotlarni rasmga olishni tavsiya qiladi. U uyga bir qancha fotosuratlar bilan qaytagach, oʻzining qorongʻu xonasida tuni bilan rasmlarni ishlab chiqadi.[4]

U yoshlik chogʻidan suratga olishga ishtiyoqmand boʻlib oʻsadi. U 15 yoshida olgan maktab bolalarining sport mashgʻulotlari aks etgan fotosuratlari Wichita Press sport gazetasi muharriri Vigil Kay tomonidan gazetada chop etiladi.[5]

1934-yil 25-iyulda The New York Times gazetasi Smithning Arkanzas daryosining qurib qolgan holati aks etgan fotosuratlarini nashr etadi, bu esa Oʻrta Gʻarbning vayron boʻlishga sababchi boʻlgan yomon ob-havo hodisalaridan dalolat berar edi. Bunday ob-havo sharoiti qishloq xoʻjaligiga ham katta talofatlar keltirgan. Don savdosi bilan shugʻillangan Smithning otasi, oʻsha yillardagi talofatlar taʼsirida biznesining bankrot boʻlishi sababli oʻz joniga qasd qiladi.[5]

Smith 1936-yilda Shimoliy Vichitadagi oʻrta maktabni tamomlagan. Uning onasi katolik cherkovi rohiblari bilan yaxshi aloqalar oʻrnatib, oʻgʻlining Notr-Dam universitetidagi oʻqishini toʻliq moliyalashtiradigan fotografiya stipendiyasini olishga muvaffaq boʻladi. Lekin, Smith 18 yoshida nomaʼlum sabablarga koʻra universitetni tark etadi[6] va Nyu-York shahriga koʻchib oʻtadi. 1938-yilga kelib u Newsweek jurnalida ishlay boshlaydi, u yerda u vazifalarni mukammal bajarishi va qiyin, tushunarsiz xarakteri bilan taniladi. Smith oxir-oqibat Newsweek jurnalidan ishdan boʻshatiladi.

U 35mm Contax kamera bilan ishlashni afzal koʻrgan.[7] Smith 1939-yilda Life jurnalida ishlay boshlaydi va oʻsha paytdagi rasm muharriri Uilson Xiks bilan tezda yaxshi munosabatda boʻlishga erishadi.[8]

Urush holati tasvirlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1944-yil Truk Atollda yapon yuk tashuvchi samolyoti AQSh tomonidan otilgan raketa-bomba orqali urib tushirilgan. Smith tomonidan olingan foto.

1943-yil sentyabr oyida Smith Ziff-Devis nashriyotining urush muxbiri sifatida faoliyat olib borgan va Life jurnaliga urush talofatlari va uning natijasida sodir boʻlgan koʻrgiliklarning fotosuratlarini taqdim etib turgan. Smith Ikkinchi jahon urushi paytida Tinch okeani hududlaridagi ahvolni frontda turib suratga olgan. U Amerika qoʻshinlarining Yaponiyaga qarshi orol boʻylab hujumi paytida qoʻlga tushgan Saipan, Guam, Ivo Jima va Okinava kabi urush avj olgan hududlarda, AQSh dengiz piyodalarining va yapon harbiy asirlarining suratlarini olgan.[9] Smith bu mojarolarning shafqatsizlarcha keltirayotgan talofatlarini oʻz koʻzlari bilan koʻrishi, urush oqibatlarini yanada chuqurroq anglashga yordam bergan, shuningdek, dunyoqarashini yanada oʻtkirlaydi. U oʻz xotiralarida shunday deb yozgan edi: „Siz xalqning aqliga shikast yetkazib, toʻliq oʻzlaringizning gʻoyalaringizni singdirmasdan turib, ularni insonni oʻldirishga va qotillik qilishga oʻrgata olmaysiz. Men urushni, uning oqibatlarini yoritishimning asosiy sababi, mening suratlarim ochkoʻzlik, ahmoqlik va murosasizlik koʻplab insonlarning oʻlimiga sababchi boʻlganligini va bunga qarshi chiqish haqida xabar berishini xohlayman“.

Ben Maddou shunday degan edi edi: „Smithning 1943—1945-yillardagi fotosuratlari uning shunchaki bir isteʼdodli insondan bir dahoga aylanganligini koʻrsatadi.“[10]

1945-yilda Smith Okinava jangini suratga olayotganda jiddiy jarohat oladi.[11] 1946-yilda u jarohat olganidan keyin ilk fotosuratini oladi. Rasmda Nyu-Yorkning Gudzon shahridagi Krotondagi uyining bogʻida sayr qilib yurgan ikki farzandining rasmi aks etgan edi va u fotosuratni „Jannat bogʻidagi sayr“ deb nomlaydi. Fotosurat 1955-yilda Edvard Shtayxen boshchilik qilgan "Odamlar oilasi" koʻrgazmasida asosiy suratlar qatoridan joy olgan va mashhur boʻlgan.[12] Ikki yillik jarrohlik amaliyotidan soʻng, Smith 1955-yilgacha Life jurnalida ish faoliyatini davom ettirgan.[13]

Yaponiya va Minamata[tahrir | manbasini tahrirlash]

1970-yilning kuzida Smithning doʻsti Kazuxiko Motomura AQSHga koʻchib oʻtadi. U Smith va uning rafiqasi Ailenga Yaponiyaga tashrif buyurishlarini va Minamata hududida tarqalgan kasallikni yoritishni taklif qiladi. Ular taklifni qabul qilib, 1971-yil 16-avgustda Yaponiyaga yetib kelishadi.

1971-yil sentabrdan 1974-yil oktabrgacha ular Minamata qishlogʻida bir uyni uyni ijaraga olib yashaydilar. U yer bir paytning oʻzida ham baliqchilar qishlogʻi, ham Yaponiyaning Kumamoto prefekturasidagi sanoat shahri boʻlgan. U yerda ular Minamata qishlogʻidagi ahvol, yaʼni Chisso zavodi Minamata qishlogʻining asosiy suv manbalariga ogʻir metallarni oqizishi natijasida suvning simob taʼsirida zaharlanishi oqibatida kelib chiqqan ogʻir kasalliklar, haqida uzoq muddatli foto-esse yaratishgan.[14]

1972-yil yanvar oyida Smith Chisso kasaba uyushmasi vakillari oldiga namoyishga chiqqan qishloq faollariga hamrohlik qilgan. Chisso kompaniyasi xodimlari namoyishchilarga hujum qilishgan. Ular Smithni ham kaltaklashdi va buning oqibatida Smithning koʻrish qobiliyati yomonlashadi.[15][16] Smith va Aylin Minamata loyihasini yakunlash uchun birgalikda ishlashda davom etadilar. Ularni nashriyotchi Lourens Shiller qoʻllab-quvvatlaydi va foto-esseni Los-Anjelesda tugatishadi.[17]

Foto-esse 1975-yilda W. Eugene Smith va Aileen M. Smith tomonidan „Minamata“ nomi bilan nashr etilgan. Uning bu essedagi va barcha asarlari ichidagi eng mashhur fotosuratlaridan biri „ Tomoko va vannadagi ona“ nomli suratidir. Bu fotosurat 1971-yil dekabr oyida olingan boʻlib, birgina shu fotosurat butun dunyo eʼtiborini Minamata qishlogʻida tarqalgan kasallikning ayanchli oqibatlariga qarata olgan edi.[18] Suratda onaning anʼanaviy yapon hammomida ogʻir zaharlanish oqibatida kasallangan qizini yuvintirayotgan tasviri aks etgan. Fotosurat 1974-yilda Tokioda boʻlib oʻtgan Minamata kasalliklari koʻrgazmasida ham asosiy qismni tashkil etgan.[18] 1997-yilga kelib, Aileen M. Smith koʻrgazmadan oʻsha suratni Tomokoning ota-onasining xohishga koʻra olib tashlagan[18]

2020-yilda Smithning Minamata fotosuratlari va hujjatlari asosida „ Minamata“ nomli film yaratildi. Jonni Depp W. Eugene Smithni, Minami esa Aileenning rollarini ijro etishdi.[19][20]

Eʼtiborli fotosuratlar va foto-esselar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fayl:Tomokos hand.gif
Smithning Minamata kasalligi qurboni suratlaridan biri, 1971-yil.
  • 1944-yilgi fotosurat[21], unda yaralangan chaqaloq Saipanda amerikalik askar tomonidan topilgan.
  • 1945-yilgi fotosuratda dengiz piyodalari Ivo Jimadagi yapon gʻorini portlatgan, Life jurnali muqovasida chop etilgan, 1945-yil 9-aprel.
  • „Jannat bogʻi sari yurish“ (1946) — uning ikki farzandi qoʻl tutib, oʻrmondagi ochiqlik tomon yurgan yagona fotosurati. Bu 1955-yilda Edvard Shtayxen tomonidan 68 mamlakatdan 273 ta fotosuratchi tomonidan 503 ta fotosurat bilan tashkil etilgan "Odam oilasi" zamonaviy sanʼat muzeyining[22] yakuniy fotosurati edi.
  • „Mamlakat shifokori“[23] (1948) — Koloradoning Kremmling shahridagi Ernest Ceriani haqidagi fotoinsho. Bu Shon Oʻxagan tomonidan „birinchi kengaytirilgan tahririyat foto hikoyasi“ sifatida tasvirlangan.[24]
  • „Dyui Trumanni magʻlub etdi“ (1948) — Garri S. Trumanning Sent-Luisdagi prezidentlik poyezdining orqasida „Dyui Trumanni magʻlub etdi“ degan sarlavhali Chicago Daily Tribune gazetasining bir kunlik nusxasini ushlab turgan yagona fotosurati.
  • Ispan qishlogʻi (1950) — Ispaniyaning kichik Deleitosa shahri haqidagi fotoinsho.
  • „Hamshira doya“ (1951) — Janubiy Karolinadagi doya Maude E. Kallen haqidagi fotoinsho.[25][26]
  • "Mehribon odam" (1954) — Albert Shvaytser va uning Fransiya Ekvatorial Afrikasidagi insonparvarlik faoliyati haqidagi fotoesse.
  • " Pittsburg „ (1955—1958) — shahar boʻyicha uch yillik loyiha, dastlab foto muharriri Stefan Lorant tomonidan uch haftalik ish uchun yollangan.
  • Gaiti 1958-1959 — Gaitidagi psixiatriya instituti haqidagi fotoinsho.[27]
  • “ Tomoko va vannadagi ona " (1971)[28] — Minamatadagi markaziy fotosurat, Minamata kasalligi boʻyicha uzoq muddatli fotoinsho. Fotosuratda yaponcha anʼanaviy choʻmilish kamerasida qattiq deformatsiyaga uchragan, yalangʻoch qizini beshik oʻtayotgan ona tasvirlangan.[29]

Filmlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • w.Eugene Smith: Fotografiya yaratish qiyin (Uy tasviri 1989-yil) — 87 daqiqa. Prodyuser: Kirk Morris, rejissyor Gen Lasko va muallifi Yan Hartman.ISBN 9780780007680ISBN 9780780007680 . Dastlab American Masters segmenti sifatida efirga uzatilgan.
  • 2020-yilgi Minamata filmi Smithga (Jonni Depp tomonidan tasvirlangan) va uning 1971-yilda Minamata kasalligini hujjatlashtirishdagi ishtirokiga qaratilgan.[30]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Peacock, Scot. „W (illiam) Eugene Smith.“ Contemporary Authors Online, Gale, 2003. Biography In Context
  2. 2,0 2,1 O'Hagan, Sean. „W Eugene Smith, the photographer who wanted to record everything“. The Observer (6-avgust 2017-yil). Qaraldi: 21-iyun 2018-yil.
  3. Hudson, Berkley. Encyclopedia of Journalism Sterling: . Thousand Oaks, Calif.: SAGE, 2009 — 1060–67 bet. ISBN 978-0-7619-2957-4. 
  4. Smith, W. Eugene. Let Truth be the Prejudice: W. Eugene Smith, His Life and Photographs. New York: Aperture, 1985. pp.10-11
  5. 5,0 5,1 Smith, W. Eugene. Let Truth be the Prejudice: W. Eugene Smith, His Life and Photographs. New York: Aperture, 1985. p.11
  6. Smith, W. Eugene. Let Truth be the Prejudice: W. Eugene Smith, His Life and Photographs. New York: Aperture, 1985. pp.12-13
  7. Smith, W. Eugene. Let Truth be the Prejudice: W. Eugene Smith, His Life and Photographs. New York: Aperture, 1985. p.15
  8. Smith, W. Eugene. Let Truth be the Prejudice: W. Eugene Smith, His Life and Photographs. New York: Aperture, 1985. p. 17
  9. Smith, W. Eugene. Let Truth be the Prejudice: W. Eugene Smith, His Life and Photographs. New York: Aperture, 1985. pp.21-29
  10. Smith, W. Eugene. Let Truth be the Prejudice: W. Eugene Smith, His Life and Photographs. New York: Aperture, 1985. p.25
  11. Smith, W. Eugene. Let Truth be the Prejudice: W. Eugene Smith, His Life and Photographs. New York: Aperture, 1985. p.29
  12. Smith, W. Eugene. Let Truth be the Prejudice: W. Eugene Smith, His Life and Photographs. New York: Aperture, 1985. pp. 32-33
  13. „W. Eugene Smith“. Magnum Photos (10-aprel 2015-yil). Qaraldi: 21-iyun 2018-yil.
  14. Smith, W. Eugene. Let Truth be the Prejudice: W. Eugene Smith, His Life and Photographs. New York: Aperture, 1985. pp.71-74
  15. Smith, W. Eugene. Let Truth be the Prejudice: W. Eugene Smith, His Life and Photographs. New York: Aperture, 1985. p.74
  16. Minamata: The Story of the Poisoning of a City; Documenting Medecine at Duke University; retrieved May 2016.
  17. Smith, W. Eugene. Let Truth be the Prejudice: W. Eugene Smith, His Life and Photographs. New York: Aperture, 1985. pp.74-76
  18. 18,0 18,1 18,2 Jim Hughes. „Tomoko Uemura, R.I.P.“ (2000). Qaraldi: 12-noyabr 2007-yil.
  19. "Johnny Depp Drama ʻMinamataʼ Bought by MGM, Release Scheduled for February, " by Dave McNary, Variety, Oct. 30, 2020
  20. „Minamata, critic reviews“. Metacritic.com (28-fevral 2020-yil). Qaraldi: 26-mart 2021-yil.
  21. „A Closer Look: W. Eugene Smith's Photograph“. gwu.edu (25-iyul 2013-yil). 2021-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentabr 2020-yil.
  22. „Steichen Collection“. Steichen Collection. 28-noyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-yanvar 2015-yil.
  23. „W. Eugene Smith“. Qaraldi: 3-iyul 2013-yil.
  24. O'Hagan, Sean. „W Eugene Smith, the photographer who wanted to record everything“. The Observer (6-avgust 2017-yil). Qaraldi: 21-iyun 2018-yil.
  25. Smith, W. Eugene. Let Truth be the Prejudice: W. Eugene Smith, His Life and Photographs. New York: Aperture, 1985. pp.43-45.
  26. Montgomery, Warner. „Pineville, a historic refuge: Part 57: Nurse Maude is honored“. The Columbia Star (4-aprel 2018-yil). Qaraldi: 25-mart 2021-yil.
  27. Smith, W. Eugene. Let Truth be the Prejudice: W. Eugene Smith, His Life and Photographs. New York: Aperture, 1985. p.61
  28. „The Photograph 'Tomoko and Mother in the Bath'“. Aileen Archive. aileenarchive.or.jp (2020).
  29. Jim Hughes. „Tomoko Uemura, R.I.P.“ (2000). Qaraldi: 12-noyabr 2007-yil.
  30. Roxborough. „Johnny Depp Film 'Minamata' Sells Wide“. The Hollywood Reporter (8-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 16-avgust 2021-yil.