Kontent qismiga oʻtish

Jhukar madaniyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jhukar madaniyati - jez davri madaniyati (mil. av. 2-ming yillik oʻrtalari). 1928 yilda hind arxeologi N. Mad-jumdar Jhukar aholi turar joyi (Pokistonning Sind viloyati)dan topgan. J. m.ning asosiy yodgorliklari — Jhukar, Lohumjodaro va Chanxudaro (2 katlam). J. m. uylari pishiq gʻishtdan, oʻchoqlar qurilganligi bilan oʻziga xos. Sopol idishlaridagi geometrik va oʻsimliksimon naqshlar sargʻish fonda qora va qizil boʻyoq bilan chizilgan. Jez buyumlaridan keng foydalanilgan (bolta, bandak, tamgʻa va hokazo). Tamgʻamuhrlar sopol, toshdan tayyorlangan, turli geometrik shakllar, baʼzan hayvonlarning rasmlari bilan bezatilgan. J. m.ning tamgʻa-muhrlari Harappa tamgʻamuhrlaridan yozuvi yoʻqligi bilan farq qiladi. J. m. koʻp jihatdan Balujiston, Shim. Eron va Oʻrta Osiyo madaniyatiga oʻxshab ketadi.

Ad..Masson V. M., Drevnezemledelcheskaya kultura Margiani, M., L., 1959.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil