Murabba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Murabba (arab. — toʻrtlik) — sharq sheʼriyatidagi lirik janrlardan; qofiyalanish tartibi asosida tuzilgan sheʼr. Musammat turiga mansub boshqa sheʼr shakllariga oʻxshash a—a—a—a, b—b—b—a, v—v—v—a tartibida krfiyalanadi. Misralar soniga koʻra har bir bandi ruboiy va tuyuklarga oʻxshasa ham, bir necha toʻrtlik bandlar tarzida tuzilib, bir asarni tashkil etishi, aruzning turli vaznlarida yozilishi va oxirgi toʻrtlikda shoir taxallusining koʻrsatilishi kabi xususiyatlari bilan ulardan farq qiladi. M. eng qadimiy shakllardan boʻlib, mustaqil toʻrtliklar shaklidagi namunalari "Devonu lugʻotit-turk", "Qutadgʻu bilig" asarlarida uchraydi. Musammat-M., hikmat M. shaklidagi ilk namunalari Axmad Yassaviyning "Devoni hikmat"ida keltirilgan. 16-asrdan boshlab Fuzuliy, Mashrab ijodi bilan M. rivojining yangi bosqichi koʻzga tashlanadi. Bu sho-irlar orifona va oshiqona gʻazallarga xos gʻoyaviy va badiiy xususiyatlarni musammat-M.larga singdirdilar. Ularning anʼanalarini Ogahiy, Muqimiy, Bayoniy, Avaz kabi 19-asr shoirlari ijodiy davom ettirdilar. Ayniqsa, Muqimiy bu janr rivojiga alohida hissa qoʻshdi. M. xalqona sheʼr shakllaridan biri sifatida 20-asr sheʼriyatida ham rivojlantirildi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil