Iyd

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Iyd (arab.— bayram) — islom anʼanasidagi ikki diniy bayram. Birinchisi Qurbon hayiti — zulhijja oyining 10-kuni. Ikkinchisi Roʻza hayiti — ramazon oyi tugagandan keyin shavvol oyining birinchi kuni. Har ikki hayit kuni ham bomdod namozidan tashqari quyosh chiqqandan keyin to tush paytigacha boʻlgan vaqtda ikki rakaat hayit namozi oʻqiladi. Oʻzbekistonda hayit namozini kun chiqqandan 15 daqiqa oʻtgach oʻqish odat tusiga aylangan. Har ikkala hayitning 1-kuni dam olish kuni deb belgilangan (yana q. Hayit).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil