Davlat test markazi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Oʻzbekiston Respublkasi Vazirlar Mahakamasi huzuridagi Davlat test markazi
Turi Davlat boshqaruv idorasi
Maqomi Amalda
Ishga tushgan sanasi 1994-yil 14-may[manba kerak]
Joylashuvi Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bogʻishamol koʻchasi 12
Vebsayti dtm.uz
Til(lar)i Oʻzbekcha

Davlat test markazi — davlat test markazi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda test sinovi orqali tanlab olishga oid davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda test sinovlarini oʻtkazish tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qilish uchun javob beradigan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.[manba kerak]

Tarixi[tahrir]

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 11-martdagi “Respublika oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga qabul qilishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-361-sonli farmoni mamalakatimiz oliy ta’lim muassasalariga qobiliyatli yoshlarni tanlab olish sohasida ta’limdagi tub islohotlarni boshlab berdi.

Dastlab respublikamizning 6 ta oliy ta’lim muassasasida test sinovi asosida o‘qishga qabul qilish tajribadan o‘tkazilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq 1992-yil 9-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga qabul qilish bo‘yicha eksperimentni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida” gi 181-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga qabul qilish bo‘yicha eksperimentni tashkil etish va o‘tkazish belgilandi va 1992 yil 15 apreldan Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga abiturientlar tanlash bo‘yicha Respublika markazi tashkil etildi. Markaz zimmasiga oliy o‘quv yurtlariga talabalar tanlab olish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish va oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirayotgan yoshlar uchun yagona mezonlar joriy etish, qabul va test texnologiyasi qoidalarini, eng qobiliyatli yoshlarni qidirib topish metodlarini ishlab chiqish kabi vazifalar yuklatildi.

1993-yilda 46 ta oliy ta’lim muassasalarining 19 tasida tajriba tariqasida test sinovlari o‘tkazildi.

1994-yil 14-maydagi 258-sonli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat test markazi tashkil etish to‘g‘risida” gi qarori bilan Oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga abiturientlar tanlash bo‘yicha Respublika markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga aylantirildi.

Davlat test markazi zimmasiga oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish yuklatildi.

1994-yildan boshlab oliy o‘quv yurtlarida abiturientlarni bilimlariga baho berishning test usulini qo‘llagan holda tanlash amaliyotga joriy etildi.

O‘rta maxsus o‘quv yurtlarida test sinovlari natijalari bo‘yicha abiturientlar tanlash 1994-yilda ayrim o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga, 1995 yildan boshlab esa — idoraviy bo‘ysunishidan qat’i, nazar barcha o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga joriy etildi.

2017-yil 17-iyulda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 508-sonli qarori qabul qilindi.

Test tizimi 1992-yilda ikki variantli modellari hamda cheklangan hajmdagi test materiallaridan tashkil topgan universal savollar kitobchasi bilan boshlangan edi.

1992-yilda testlar ikki variantli (A, B) bo‘lib, ona tili, matematika, ijtimoiy fanlar-tarix va geografiya, tabiiy fanlar-fizika, geografiya, kimyo, xorijiy tillar bo‘yicha 50 tadan savollardan tashkil topgan. Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishiga qarab 3 tadan fanni tanlaganlar.

1993-1994-yillarda testlar ikki variantli (A, B) bo‘lib, kunduzgi va kechki bo‘limlar uchun ona tili, matematika, ijtimoiy fanlar-tarix va geografiya, xorijiy tillar bo‘yicha 48 tadan savollar, tabiiy fanlar-fizika, geografiya, kimyo bo‘yicha 72 ta savollardan tashkil topgan.

1995-yilda testlar 3 variantli (A, B, C) bo‘lib, ona tili, matematika, fizika, kimyo, biologiya, istoriya, geografiya, xorijiy tillar, o‘zbek tili, rus tili bo‘yicha 36 tadan savollardan tashkil topgan. Kam miqdordagi variantda yetarlicha cheklangan hajmdagi test materiallaridan foydalanish bilimlar darajasini baholash, aniqlashda xolislik va muvofiqlik, moslikni ta’minlay olmadi, maxfiylikni muhofaza qilish tartibini murakkablashtirdi.

1996-yilda oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari qabuli jarayonidagi test sinovlarida test topshiriqlari variantlarini ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va ta’lim tillari bo‘yicha kompyuter yordamida generatsiyalash (tuzish)ga asoslanuvchi yangi, ko‘pvariantli test tizimi yaratildi va qo‘llanildi. Ushbu test tizimidan hozirgi kunda ham foydalanilmoqda.

2009-yilda 80 ta har bir tipdagi savollar kitobi uchun 30 tadan variant joriy etildi.

2010-yilda har bir abituriyent uchun individual variantli test tizimiga o‘tish amalga oshirildi.

Manbalar[tahrir]