Hamidulla Karomatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hamidulla Saʼdullayevich Karomatov

Islom Karimov va Dmitriy Medvedev Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida. Chapda: universitet rektori, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Hamidulla Karomatov. 2009-yil 23-yanvar
 Oʻzbеkistоnning Yaponiyadagi elchisi
 
Mansab davri
2008-yil 27-noyabrdan – 2011-yil 7-dekabrgacha[1]
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi ?
Vorisi Farrux Tursunov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 14-sentyabr 1953-yil (1953-09-14) (70 yosh)
Buxoro

Hamidulla Saʼdullayevich Karomatov (14-sentyabr, 1953-yil, Buxoro) — oʻzbek diplomati, filolgiya fanlar doktori, professor. 2008-2011-yillarda O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi. 2008-2009-yillarda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan[2][3].

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

1953-yil 14-sentyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan.

1976-yilda Toshkent davlat universitetining sharq mamlakatlari tarixi fakultetini tamomlagan. Filologiya fanlari doktori ilmiy darajasiga ega. Ingliz, arab va fors tillarini biladi.

1976-1978 — Liviyada arab tili tarjimoni.

1978-1979 — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sanʼat tarixi instituti ilmiy xodimi.

1979-1983 — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq instituti ilmiy xodimi.

1983-1985 — Iroqdagi arab tili tarjimoni.

1985-1988 — V.P. Chkalov Nomidagi Toshkent Aviatsiya Ishlab Chiqarish Birlashmasi muhandisi.

1988-1995 — Toshkent davlat universitetida turli lavozimlarda.

1995-1998 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining masʼul xodimi.

1998-1998 — Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari

1998-2003 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari.

1999-2003 — Toshkent islom universiteti rektori.

2003-2005 — O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi favqulodda va muxtor elchisi.

2005-2008 — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori.

2008-2009 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari.

2009-2011 — O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi favqulodda va muxtor elchisi.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otasi Saʼdulla Karomatov — jurnalist, yozuvchi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]