Javlon Vahobov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Javlon Abdujalolovich Vahobov
Flag of Uzbekistan.svg
 Oʻzbеkistоnning AQShdagi elchisi
Flag of the United States.svg
 
Mansab davri
2017-yil 12-oktabrdan — 2023-yil 3-martgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Baxtiyor Gʻulomov
Vorisi Furqat Siddiqov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 7-avgust 1980-yil (1980-08-07) (42 yosh)
Toshkent
Mukofotlari Dustlik rib.png

Javlon Abdujalolovich Vahobov — oʻzbek huquqshunosi, diplomat. 2017-2023-yillarda Oʻzbekistonning AQSh, Kanada va Braziliyadagi elchisi[1]. 2015-2017-yillarda va 2023-yildan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari[2].

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

1980-yil 7-avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan. Ingliz va ispan tillarini biladi.

2001-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavr bosqichini, 2003-yilda mazkur universitet magistratura bosqichini „xalqaro huquq“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

2001—2006 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi referenti, attashesi, 3-kotibi, boʻlim boshligʻi.

2006—2011 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi apparati yetakchi konsultanti, bosh konsultanti.

2011—2013 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari.

2013—2013 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori.

2013-yil 12-noyabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.

2015-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.

2017-2023 — Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi favqulodda va muxtor elchisi.

2018-2023 — Oʻzbekiston Respublikasining Kanadadagi favqulodda va muxtor elchisi.

2021-2023 — Oʻzbekiston Respublikasining Braziliyadagi favqulodda va muxtor elchisi[3].

2023-yildan hozirgacha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oilali, uch nafar farzandi bor. Ukasi — Vahobov Davron Abdujalolovich, Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi raisi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]