TASIS

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tasis (Techical Assissance to Commonwealth of Indepent States) — Yevropa Ittifoqi tomonidan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) mamlakatlariga Yevropa Ittifoqi Komissiyasi (YEIK)ning grant mablagʻlari hisobidan texnikaviy yordam koʻrsatish dasturi. 1991-yilda ishlab chiqilgan. Dastur bozor iqtisodiyotiga oʻtish va demokratik jamiyatni barpo etish jarayonini qoʻllabquvvatlash maqsadlarini koʻzlaydi. Yangi texnologiyalar kiritish uchun begʻaraz mablagʻlar ajratish, hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, mutaxassislardan iborat guruhlarni yuborish, professional tayyorgarlikni amalga oshirish, maxsus tadqiqotlar oʻtkazish va boshqaruv masalalarida maslahat yordami koʻrsatish va boshqalarni amalga oshiradi.

T. dasturiga kiritilishi mumkin boʻlgan loyixalarni faqat unga hamkor mamlakatlardagi milliy va mahalliy tashkilotlar taklif qilishlari mumkin. Taklif qilingan loyiha ushbu mamlakat boʻyicha tayyorlangan strategiya va yoʻnalish dasturida koʻzda tutilgan maqsadlarga moye kelmogʻi lozim. Loyiha mazkur davlatdagi T. dasturining Muvofikdashtirish byurosiga topshiriladi. Byuro ushbu taklifga baho beradi va dastlabki tanlovdan soʻng keyingi muhrkamalar uchun Komissiyaning ushbu mamlakatdagi vakolatxonasi yoki toʻgʻrilantoʻgʻri Bryusseldagi MDH bilan shugʻullanuvchi Boshqarmasi orqali Yevropa Ittifoqi Komissiyasiga takdim etadi. Shundan soʻng ushbu loyiha T. harakat dasturiga kiritiladi. T. boshqa donorlar va xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. T. ning mamlakatimizdagi faoliyati 1992-yilda boshlangan va Oʻzbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi oʻrtasida1996-yilda imzolangan Sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy sarmoyalar departamenti huzuridagi YEIKning texnikaviy yordamini muvofiqlashtirish Byurosi tomonidan boshqariladi.

T. doirasida Oʻzbekistonda amalga oshirilgan loyihalarning umumiy hajmi 1992-yildan 2003-yilga qadar 125,8 mln. yevroni tashkil etdi. T.ning "Xususiy fermer xoʻjaliklarini qoʻllabquvvatlash loyihasi" boʻyicha 1997-yilda Fargʻona va Sirdaryo viloyatlarida chorvachilik va bogʻdorchilik sohasida katta koʻlamdagi ishlar — firmalarni boshqarish, fermer xoʻjaliklarini tashkil etish, fermerlar uyushmasi modelini barpo etish dasturlari amalga oshirildi.

T. loyihasidagi Toshkent shahrida Respublika tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi huzurida tashkil etilgan Bozor koʻnikmalarini rivojlantirish markazi kichik va oʻrta biznes sohasida malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanadi. Shuningdek, T. tarkibiy islohotlar hamda tashkilotlarni isloh qilish, qishloq xoʻjaligi. va agrosanoat tarmogʻi, infratuzilmalarni, ayniqsa energetika va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishga jiddiy eʼtibor bermoqda. Oʻzbekiston Respublikasi T.ning umumiy qiymati 7,2 mln. yevro boʻlgan "Oʻrta Osiyoning mintaqaviy neftgaz infrastrukturasi uchun kichik xajmdagi investitsiyalarni moliyalashtirish" (INOGEYT dasturi); "Oʻrta Osiyo temir yoʻllari telekommunikatsiyasi" (TRASEKA dasturi); "Gʻarbiy Tyanshanning bioxilmaxilligini sakdash"; "Oʻzbekistonda atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha milliy harakat rejasi va ekologiya siyosatini amalga oshirishni qoʻllabquvvatlash" (NEAPII) kabi loyihalarida qatnashmoqla (2004).

T. tomonidan moliyalashtiriladigan asosiy ustuvor yoʻnalishlar: davlat korxonalarining qayta tashkil etilishi va xususiy sektorni rivojlantirish; oziqovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish., qayta ishlash va taqsimlashning samarali tizimini yaratish; energetika, transport va aloqa infrastrukturasini rivojlantirish; yadro xavfeizligini taʼminlash; atrof muhitni muhofaza qilish; davlat boshqaruvi, ijtimoiy himoya va taʼlim tizimlarini isloh qilish va boshqa dan iborat. Har bir mamlakat T.ning loyihalarini oʻzining ichki ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tanlaydi.

Farhod Qurbonov.