Eldor Toʻlyakov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Eldor Sobirjonovich Toʻlyakov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1986-yil 9-iyul (36 yosh)
Orjonikidzevskiy tumani, Toshkent viloyati, O‘zbekiston SSR, SSSR
Kasbi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Eldor Sobirjonovich Toʻlyakov (1986-yil 9-iyulda tugʻilgan, Toshkent viloyati, Orjonikidzevskiy tumani) — oʻzbek siyosatchisi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eldor Toʻlyakov „Taraqqiyot strategiyasi“ markazi ijrochi direktori, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi aʼzosi, „Milliy Tiklanish“ demokratik partiyasi Markaziy Kengashi aʼzosi.

Shuningdek, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasida investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish bo‘yicha ikki tomonlama shartnomalar asosida xorijiy investitsiyalarni himoya qilish mavzusida mustaqil tadqiqotchi.

Eldor Toʻlyakov Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetining tijorat huquqi fakultetini tamomlagan hamda Frankfurt huquq va moliya universitetida huquq magistri darajasini olgan (Institute for Law and Finance, University of Frankfurt).

Chirchiq shahridagi 2 va 7-sonli maktablarda tahsil olgan.

2019-yil 22-dekabr kuni Eldor Toʻlyakov xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati etib saylangan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Халқ депутатлари Тошкент шаҳар Кенгаши депутатларини рўйхатга олиш тўғрисида“ (uz). Тошкент шаҳар ҳокимлиги. 2021-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-yanvar.