Irtish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Irtish
Irtish v Omsk.JPG
Tavsif
Uzunligi 4 248 km
Maydoni 1 643 000 km²
Suv sarfi 3 000 m³/s
Suv oqimi
Quyilishi Ob
Joylashuvi
Ob watershed.png
Davlat Xitoy, Qozogʻiston, Rossiya
Vikiomborda "Irtish" nomli sahifa mavjud


Irtish (Irtysh) (qozoqcha: Ертіс, xitoycha: 额尔齐斯河 — É'ěrqísī hé, sibirtatarcha: Иртеш[1]) — Qozogʻiston va RF dagi dare, Ob daryosining chap irmogʻi. Uz. 4248 km, havzasining maydoni 1643 ming km². Mongoliya Oltoyi togʻlaridan (Xitoyda) boshlanib, Zaysan koʻliga kuyilguncha Kora Irtish deb ataladi. Irtish yuqori oqimida ham tekislikdan, ham togʻlar orasidan oqadi. Oʻskemen GES va Buxtarma GES kurilishi munosabati bilan daryo Oʻskemen shahri gacha yirik suv omboriga aylanib qolgan; Buxtarma suv ombori tarkibiga Zaysan koʻli ham kiradi. Oʻskemendan quyida Irtish vodiysi kengayadi. Shu qismida Irtish ga va uning suv omborlariga oʻngdan Kaljir, Kurchum, Narim, Buxtarma, Ul-ba, Uba daryolari, chapdan Qizilsuv, Chardaryolari quyiladi. Semeydan quyida Irtish dashtdan oqadi. Bu yerda oʻngda Om, chapda Ishim, Tobol kabi irmoklari bor. Irtish qor, muz va yomgʻir suvlardan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sar-fi Tobolskda 2150m³/sek. Yuqori oqimida noyabr oxirida, quyilish yerida noyabr boshida muz. bilan qoplanib, aprel da muzdan boʻshaydi. Irtish dan Qaragʻanda shahri gacha uz. 451 km kanal qurilgan. Irtish da baliqturi koʻp. Quyilish joyidan 3784 km masofada kema qatnaydi. Irtish boʻyida Oʻskemen, Semey, Pavlodar, Omsk, Tobolsk, Xantimansiysk shahri lari joylashgan. Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida Irtish nomi (vodiy nomi sifatida) "Er-tish" shaklida berilgan.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Сулеймановские чтения: материал межрегиональной научно-практической конференции. 2006 г. — с. 132.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil