Tobolsk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tobolsk — RF Tyumen viloyatidagi shahar. Irtishga Tobol daryosi quyilishiga yaqin yerdagi pristan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Tobolsk (14 km). Aeroport bor. Aholisi 97,8 ming kishi (1998). T. 1587 yilda vujudga kelgan. 1610 yildan hozirgi oʻrnida. Kemasozlik korxonasi, kema taʼmirlash zdi, neft kimyosi, yod ktlari, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari, mebel, gilam va suyakka badiiy gul solish fkalari, ped. instituti, drama teatri, tarixiymeʼmoriy muzey qoʻriqxonasi bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan Sibirdagi birinchi tosh Kremli (17-a. oxiri), SofiyaUspeniye sobori (17-a.), Karvonsaroy (Gostiniy dvor) va "Shved palatasi" (18-a. boshlari saqlangan).