Xanti-mansiysk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xanti-mansiysk (1940 yilgacha OstyakoVogulsk) — RF Tyumen viloyati XantiMansilar muxtor okrugidagi shahar (1950 yildan), okrug markazi. Irtish daryosining oʻng sohilida. Dare porti. Aholisi 35,9 ming kishi (1998). 1931 yilda ishchilar shaharchasi — muxtor okrugining markazi sifatida vujudga kelgan. 1934 yildan Omsk viloyati, 1944 yildan Tyumen viloyati tarkibida. Shahar tarkibiga 16-a.dan maʼlum boʻlgan Samarovo qishlogʻi ham kiradi. Yetakchi sanoat tarmogʻi — baliq sanoati. Shuningdek, oʻrmon sanoati ham mavjud. Asosiy korxonalari: baliq konservalash, yogʻochsozlik ktlari, taxta tilish zavodi, mebel fkasi. Yirik darrandachilik xoʻjaligi; Chekka Shimol qishloq xoʻjaligi ilmiy tadqiqot intining tajriba styasi bor. Oʻlkashunoslik muzeyi ishlab turibdi.