Humo Arena

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Humo Arena
Toʻliq nomi «Humo Arena» muz majmuasi
Qachon qurilgan mart 2019
Qachon ochilgan 15 mart 2019
Yuzasi muz
Bosh pudratchi Wind Rose
Hajmi 12 500

Humo Arena — Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahridagi yirik ko‘p funksiyali sport-ko‘ngilochar majmuasi va muz saroyi sanaladi. Shaharning markaziy qismida, Chilonzor tumanida, Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari kesishgan joyda qad rostlagan.

Imkoniyati bo‘yicha Markaziy Osiyodagi eng yirik muz saroyi, MDHdagi Belarus „Minsk-Arena“dan keyingi ikkinchisi.

Bu Toshkentning bir qancha xokkey klublarining uy arenasi: „Humo“, „Binokor“, „Semurg“ va „Toshkent“.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qurilish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muz saroyi qurilishi rejalari haqida ilk bor O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 24-noyabr kuni 2016-yilgi saylovoldi tashviqoti doirasida Toshkent shahrida saylovchilar bilan uchrashuvi chog‘ida omma oldida maʼlum qilgan edi. Sport inshooti „O‘qchi“ mahallasida joylashishi taxmin qilingan edi[1]. Biroq keyinchalik uning hududi „Tashkent Sity“ xalqaro biznes markaziga berildi.

20172021-yillarga mo‘ljallangan yosh avlod salohiyatini ro‘yobga chiqarishni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida mazkur obektni qurish tashabbusi bilan 2017-yilda Shavkat Mirziyoyev allaqachon davlat rahbari bo‘lgan edi.

Qurilish 2017-yil iyul oyi oxirida boshlangan. Dastlab „Humo Arena“ 2018-yil dekabr oyida ochilishi rejalashtirilgan edi, biroq dekabr oyi oxirida qurilayotgan muz majmuasi yaqinida qurilayotgan avtoturargoh joyida yong‘in chiqib, qurilish materiallari ham yonib ketadi. Shundan so‘ng ochilish Navro‘z bayrami arafasida mart oyiga ko‘chirildi.

Ochilish marosimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 15-mart kuni O‘zbekiston Prezidenti va Xalqaro xokkey federasiyasi prezidenti Rene Fasel ishtirokida „Humo Arena“ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Taklif etilgan sanʼatkorlar Filipp Kirkorov, Nikolay Baskov, Dima Bilan hamda o‘zbek shou-biznesi va estrada vakillaridan tashkil topgan edi. Shuningdek, Pavel Bure, Valeriy Kamenskiy, Vitaliy Proxorov, Aleksey Jamnov, Aleksandr Yakushev ishtirok etgan sovet va Rossiya xokkey yulduzlaridan iborat milliy terma jamoa bilan O‘zbekiston yosh xokkeychilari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ochilishda Tatyana Navka va Pyotr Chernishev ham ishtirok etishdi, ular „Shelkunchik“ musiqiy baletini namoyish etishdi[2][3].

Maqsad va vazifalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaratilish jarayoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Humo Arena“ning meʼmoriy g‘oyasi O‘zbekistonda umumiy sevgi, baxt va erkinlik ramzi bo‘lgan afsonaviy Humo qushining surati bo‘lib, qush qanotidan arena binosining o‘zi va piyodalar yo‘laklarining shaklida yaratilgan. Yashil maydonlar, qirg‘oq va tematik meʼmoriy hududlari  majmuaning meʼmoriy g‘oyasiga muvofiq qurilgan.

Humo Arena yirik ko‘p funksiyali sport majmuasining bir qismidir. Asosiy muz arenasi 12500 kishini sig‘dira oladi va asosan shaybali xokkey o‘yinlari uchun (bundan tashqari to‘pli xokkey uchun ham) mo‘ljallangan. Asosiy muz arenasida imkoniyati cheklanganlar uchun qulayliklar, faxriy mehmonlar uchun uchta VIP-quti, shuningdek, sig‘imi 14 dan 22 gacha bo‘lgan 34 ta VIP-qutilar mavjud. Zal sport tadbiriga qarab tartib va o‘rindiqlar sonini o‘zgartirish imkoniyatiga ega[4][5] .

„Humo“ klubining OXL chempionatidagi ilk o‘yini. Humo Arena, 2019-yil 11-sentabr.

Kichik mashg‘ulot muz arenasi 200 kishini sig‘dira oladi. Bundan tashqari, „Humo Arena“da sportchilar uchun bir nechta kiyim almashtirish xonalari, uchta sport va trenajyor zali, fitnes markazi, sport muzeyi, restoran, kafe va arenaga qarashli sport-bar, matbuot markazi, matbuot-anjumani zali, qo‘shimcha yordamchi xonalar va maydonlar, sport jihozlari do‘konlari, o‘quv va ko‘ngilochar bolalar zonasi, boshqa sport va ko‘ngilochar ob’yektlar mavjud. Majmuaga tutash hududda to‘rt qavatli avtomobillar uchun to‘xtash joyi, dam olish joylari[4][5][6]. Asosiy va kichik arenalarning konki maydonlarining o‘lchamlari Olimpiya standartiga mos keladi (60 × 30 m).

Humo Arenada shuningdek, snoubordchilar va tog‘ chang‘i sportchilar uchun real sharoitlarga imkon qadar yaqin bo‘lgan ikkita chang‘i simulyatori mavjud[7].

Yo‘nalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Katta va kichik arenalar asosan shaybali va to‘pli xokkey bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan, ammo bu arenalarda figurali uchish, short-trek, kyorling bo‘yicha musobaqalar va turnirlar o‘tkazish uchun imkoniyat va sharoitlar ham mavjud[5].

Asosiy arenani basketbol, voleybol, gandbol va mini-futbol kabi jamoaviy sport tadbirlari, shuningdek, boks, MMA ((UFC), kurash, dzyudo, yunon-rum kurashi, erkin kurash, karate, taekvondo, muay-tay va yakkakurashning boshqa turlari bo‘yicha turnir va janglar o‘tkaziladigan joy bo‘gani bois  zal 14 ming nafar kishiga mo‘ljallangan. Shuningdek, „Humo Arena“ konsert, shou, bayram tadbirlari o‘tkazish imkoniyatiga ega[5].

Kichkina arenada butun yil davomida konkida uchish uzluksiz faoliyatini olib boradi[8].

Bezatilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Majmua yo‘laklari muallif rassom Bobur Ismoilovning pannolari bilan bezatilgan.

Alisher Navoiyning „Lison-ut-tayr — Qushlar tili“ nomli allegorik dostoni musavvirni Humo qushiga yo‘l o‘tadigan yetti vodiy: Izlanish, Muhabbat, Bilim, Befarqlik, Birlik, Sarosim, Ajralish vodiysi timsoli bo‘lgan yetti freska yaratishga ilhomlantirgan. „Vodiylar bo‘ylab sayohat“ majmua qurilishining boshida qo‘yilgan toshli panel bilan yakunlanadi.

„Humo Arena“ foyesiga GAZ-13 va GAZ-14 „Chayka“ avtomobillari o‘rnatilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Памятник Каримову, кольцевая электричка и другие проекты: Мирзиёев о будущем Ташкента“ (2016-yil 25-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 20-oktyabr.
  2. „Ледовый дворец «Хумо Арена» открылся в Ташкенте. Там появится команда КХЛ“ (ru). sport24.ru. Qaraldi: 2019-yil 25-mart.
  3. „КХЛ в Узбекистане – это реально?“ (ru). «Спорт-Экспресс». Qaraldi: 2019-yil 25-mart.
  4. 4,0 4,1 „Арены“ (ru). humoarena.com. 2019-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-mart.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 „Большая арена“ (ru). humoarena.com. 2019-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-mart.
  6. „Инфраструктура“ (ru). humoarena.com. 2019-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-mart.
  7. „Лыжный симулятор“ (ru). humoarena.com. 2019-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-mart.
  8. „Тренировочная арена“ (ru). humoarena.com. 2019-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-mart.