Muaytay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muaytay, tailandcha kurash, tailandcha boks — sport kurashi turi. Bunda sportchilar (boksdagidek) qoʻllariga qoʻlqop kiygan holda arqonlar bilan oʻralgan 6x6 m oʻlchamli maxsus ring (supa)da vazn toifalari boʻyicha yakkamayakka musobaqalashadilar.

Havaskor M.chilar musobaqasi 2 min.dan 4 raund davom etadi (professional M.da 3 min.dan 5 raund). Raundlar orasida 1 min.dan (professionallarda 2 min.dan) tanaffus beriladi. M.chilar 45, 48, 51, 54, 57, 60, 63,5, 67,71,75, 81, 91 kg gacha va 91 kg dan ziyod vazn toifalarida kuch sinashadilar. M.da qoʻl, tirsak, oyoq va tizza bilan zarba beriladi, shuningdek, raqibni quchoklab yiqitishga ruxsat etiladi.

M. qadimiy yakka kurash turlaridan biri boʻlib, Xitoyda shakllangan degan taxminlar bor. Asosan, 18-asrning oxiridan Tailand (Siam)da keng rivojlana boshladi.

1994 yilda Xalqaro havaskorlik M. federatsiyasi (IFMA)ra asos solindi, unga 80 dan ortiq davlat aʼzo boʻlib kirgan (2003). Oʻzbekiston 1996 yildan aʼzo. 1FMA 1994 yildan jahon chempionatini oʻtkazib keladi. 1998 yildan M. Osiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan. M. Tailand, Belgiya, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Malayziya, Fransiya davlatlarida rivojlangan. M. Oʻzbekistonga 1993 yil kirib keldi, 1995 yilda Oʻzbekiston M. federatsiyasi roʻyxatga olindi. Federatsiyaning viloyatlarda boʻlimlari, 10 mingdan ziyod aʼzosi bor. 200 dan ortiq murabbiy M. mashgʻulotlarini olib borishadi. Oʻzbekistonlik M.chilarning 23 nafari xalqaro mi-qyosdagi sport ustasi, 35 nafari sport ustasi unvoniga ega (2003). Zamirbek Qosimbekov, Rahmatjon Roʻzioxunov, Furqat Qurbonov va boshqa murabbiylar Yerkin Kuttiboyev, Tohir Mirsamatov, Nuriddin Hojiyorov, Kamoliddin Yusupov, Diyor Poʻlatov singari jahon va Osiyo chempionlarini hamda Osiyo oʻyinlari gʻoliblarini tarbiyalashdi. Asror Moʻminov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil