Hoshimjon Razzoqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Razzoqov Hoshimjon (1916, Andijon viloyati Koʻnchi qishlogʻi — 1982.15.3, Andijon) — adabiyotshunos. Filol. fanlari d-ri (1972), prof. (1973). Toshkent Pedagogika institutini tugatgan (1941). Andijon pedagogika instituti oʻqituvchisi (1952—54), oʻzbek adabiyoti kafedrasi mudiri (1954—82). Asosiy ilmiy ishi oʻzbek xalq ogʻzaki ijodida satira va yumor mavzuida. Zavqiy, Hayratiy, Oraziy kabi shoirlar asarlarini nashr ettirgan ("Zavqiy", 1955; "Oraziy", 1959). Xalqijodini, xususan, Fargʻona vohasida tarqalgan folklor namunalarini toʻplagan, nashrga tayyorlagan, oʻrgangan ("Latifalar", 1965; "Gulyor" qoʻshiklar toʻplami, 1967). "Fargʻona chashmalari" sheʼrlar toʻplami (1962) va "Nodira" pyesasini yozgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil