Hazrati Sulton choʻqqisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hazrati Sulton cho'qqisi
Togʻ tizmasi Hisor tog' tizmasi
Balandligi 4643

Hazrati Sulton choʻqqisi — Hisor togʻ tizmasida joylashgan choʻqqi, balandligi 4643 metrni (ayrim manbalarda 4688 metr) tashkil etadi. Oʻzbekistonning eng baland nuqtasi hisoblanadi. Atrofidagi hududlardan tik qurumli qoyalar hosil qilib koʻtarilgan. Yonidan oqib oʻtuvchi va shu hududdan boshlanuvchi daryolar havzasida abadiy qor va muzliklar mavjud[1]. Choʻqqi joylashgan tizma ayni shu nom bilan nomlanadi. Hazrati Sulton tizmasining yana bir nomi Osmon-tarash hisoblanadi.

Nomlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Choʻqqining nomi Xoʻja Ahmad Yassaviy sharafiga Hazrati Sulton deb nomlangan[2]. Hazrati Sulton Yassaviyning yana bir ismi boʻlgan[3].

Joylashishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hazrati Sulton choʻqqisi Hisor togʻ tizmasida, Oʻzbekistonning Tojikiston bilan chegarasida joy olgan. Ushbu choʻqqi Hisor togʻ tizmasiga qarashli suvayrigʻichning janubiy qismida, Kishtut daryosining boshlanish qismida oʻrnashgan. Choʻqqi atrofida tik qurumli qoyalar mavjud. Hazrati Sulton choʻqqisining yaqinidan oqib oʻtuvchi daryo va boshqa suv havzalarining barchasi muzlik bilan qoplangan[4]. Mazkur choʻqqi Yevropaning eng baland choʻqqisi Monblandan atigi 130 metrga pasroq.

Hisor togʻ tizmasining ayni shu qismida Yakkabogʻ (2938 metr), Beshnau (3448 metr), Eshon Maydon (2919 metr), Chaqchar (3723 metr), Boysuntogʻ (4424 metr), Sarimas (1837 metr) kabi baland choʻqqilar joylashgan.

Toʻpalangdaryosi (uzunligi 112 metr) Hazrati Sulton choʻqqisining yaqinidan boshlanadi.

Tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Togʻ tizmasi nurashga chidamli boʻlgan qattiq vulqonli togʻ jinslaridan tarkib topgan. Shu sababli ham choʻqqiga chiqish birmuncha murakkab. Shuningdek, choʻqqida choʻkindi, metamorfik togʻ jinslari: loyli slanets, qumtosh, ohaktosh, dolomit va boshqalar ham mavjud.

Paydo boʻlishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mazkur togʻ tizmasi gersin burmalanishi davrida hosil boʻlgan. Gersin burmalanishi quyi va oʻrta toshkoʻmir davrlarida oʻta kuchli boʻlgan. Tizmalarni bir biridan ajratib turuvchi botiqlar va daryo oʻzanlari mezazoy, paleogen, neogen va toʻrtlamchi davr choʻkindi togʻ jinslari bilan toʻlgan.

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tizmaning subtropik iqlim mintaqasida joylashgan. Togʻ etaklaridan boshlab, choʻqqiga qadar iqlim mintaqalari almashinib boradi. Yogʻingarchilik miqdori yuqori emas, taxminan 350-500 mm ni tashkil etadi. 1500 metr balandlikda iyulning oʻrtacha harorati 20-25°C, yanvarning oʻrtacha harorati esa −5 −7 °C ni tashkil etadi[5].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Hazrati Sulton choʻqqisi" OʻzME. H-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. U.Haydarov. „O'zbekistonning eng baland cho'qqisiga fotosayohat“ (2019-yil 9-avgust).
  3. Jalolxonov, O'tkir. „U yerda sukunatning ovozi eshitiladi. O‘zbekistonning eng baland cho‘qqisiga fotosayohat“. kun.uz (2023-yil 13-avgust).
  4. „Hazrat Sulton cho`qqisi, muzlaydigan Suvtushar sharsharasi, tog`lar bag`ridagi G`ilon va... Qashqadaryoda 17 ta yirik turistik ob`ekt turistlarni o`zida qabul qilmoqda“. darakchi.uz (2022-yil 10-iyun). Qaraldi: 08-2023.
  5. P.Baratov; M.Mamatqulov; A.Rafiqov. O'rta Osiyo tabiiy geografiyasi. Toshkent: O'qituvchi nashriyoti, 2002-yil — 404-405 bet. ISBN 5-645-03879-7.