Monblan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Monblan (frans. va ital. — Oqtogʻ) — Gʻarbiy Alp togʻlaridagi togʻ massivi, Fransiya, Italiya va Shveysariya chegarasi boʻylab 50 km masofaga choʻzilgan. Eng baland joyi 4807 m, Gʻarbiy Yevropada eng baland choʻqqi. Granit, gneys va kristall jinslardan tuzilgan. Togʻ tepasidagi muzliklarning maydoni 200 km² dan ortiq, eng yirigi Merde-Glas muzligi (uz. 15 km). Alpinizm, turizm rivojlangan. Astronomiya va meteorologiya rasadxonasi bor. M. orqali uz. 11,6 km li avtomobil tonneli qurilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil