Qizilqumit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qizilqumit (Qizilqumda topilgan, nomi shundan) — murakkab oksidlar guruhiga mansub yangi mineral. 1981 yilda topilgan. Tarkibi shreyerit (U2T130,)ga oʻxshash. Albitlashgan uglerodli-kremniyli jinslarda uchraydi. Q. kremniyli slanetslarning oʻta ingichka oʻzaro kesishgan tomirchalarida xlorit, pirit, rutil bilan birgalikda uchraydi. Q. donachalari prizmatik gabitusga ega, uz. 0,01 mm dan 0,2 mm gacha. Shaffof emas. Rangi qora, yaltirashi shisha kabi, baʼzan mumsimon koʻrinishgacha yaltiraydi. 320—390° da qizdirilganda rutilga aylanadi.