Abadiy qorlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abadiy qorlar — yil boʻyi eri-may yotadigan muz va qor qoplami. Issiq va moʻ’tadil oʻlkalarda baland togʻ va yassi togʻ choʻqqilarida, qutbiy oʻlkalarda — te-kisliklarda ham uchraydi. Yil davomida yogʻadigan qattiq atmosfera yogʻinining oʻsha joyning relef va ikdim sharoitida erib yoki bugʻlanib ketadigan miqdoridan ortishi hisobiga yuzaga keladi. Abadiy qorlar ning faqat eng yuqoridagi yuza qatlamigina qordan iborat, chuqurlashgan sari, ustki qatlamlar bosimi tufayli firn (qotgan qor) va muzga aylanadi. Abadiy qorlar ning eng quyi chegarasi qor chegarasi deb atala-di. Abadiy qorlar ning yuzasi koʻp hollarda shu joy relefini silliklangan tarzda aks et-tiradi; shu bilan birga Abadiy qorlar ning oʻziga ta-allukli mikrorelef shakllari ham (se-raklar, erish egatlari, uyali qor) mavjud. Tekis yuzalarda shamol qorlardan turli qor uyumlarini shakllantiradi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Abadiy qorlar" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil