Saʼdulla Karomatov
Saʼdulla Muzaffarovich Karomatov (1928.14.7, Buxoro — 1987.21.8, Toshkent) — jurnalist, yozuvchi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1978). Toshkent universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1949). Oʻzbekiston radioeshittirish qoʻmitasida xodim (1949—51), „Sovet Oʻzbekistoni“ gazetasida adabiy xodim, boʻlim mudiri (1954—1957), „Oʻzbekiston madaniyati“ (1957—1959), „Sovet Oʻzbekistoni“ (1959—1966) gaz.larida masʼul kotib, „Toshkent oqshomi“ — „Vecherniy Tashkent“ gazetalarining bosh muharriri (1966—1982), Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi kotibi (1982—1985). K. ijodini 50-y.larda ocherknavis sifatida boshlagan. Birinchi yirik nasriy asari — „Togʻlar tabassumi“ (hujjatli qissa, 1963). Ocherklar toʻplamlari („Amuning zar kokillari“, 1964; „Kumush kamar“, 1964; „Goʻzallik ramzi“, 1965) chiqqan. Bir muhabbat fojiasiga bagʻishlangan „Bir tomchi qon“ (1968), Ikkinchi jahon urushidan keyingi hayot mashaqqatlari haqidagi „Eʼtiqod“ (1970) qissalari hamda maʼdan izlovchilar hayoti tasvirlangan „Oltin qum“ (1980) romani va b. asarlar muallifi. [1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |