Habib ibn al-Muhallab
Habib ibn al-Muhallab | |
---|---|
Sind viloyati rahbari | |
Mansab davri 715 – 717 | |
Oʻtmishdoshi | Yazid ibn Abi Kabsha al-Saksakiy |
Vorisi | Abdulmalik ibn Misma |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Vafoti |
720 al-Aqr, Iroq |
Ota-onasi | Al-Muhallab ibn Abi Sufra |
Habib ibn al-Muhallab al-Azdiy (arabcha: حبيب بن المهلب الأزدي)) (720-yilda vafot etgan) – Sind viloyati rahbari va harbiy qoʻmondoni, Muhallabiylar oilasining aʼzosi. Yazid ibn al-Muhallab qoʻzgʻolonida qatnashib, al-Aqr jangida halok boʻlgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Habib general al-Muhallab ibn Abu Sufraning oʻgʻli boʻlib, yoshligidanoq otasining qoʻl ostida xizmat qilgan. 686- va 695-yilda[1][2] u otasining Basra, Ahvoz va Fors viloyatlarida azoriqay isyonchilarini yoʻq qilishga qaratilgan harbiy yurishlarida ishtirok etganligi qayd etilgan. 697-yilda azraqiylarga qarshi operatsiyalar yakunlangach, Habib Xurosonga koʻchib oʻtdi, u yerda al-Muhallab al-Hajjoj ibn Yusuf tomonidan hokim etib tayinlandi[3]. Uch yildan soʻng Keshga qarshi yurishida ishtirok etdi. Ushbu yurish davomida Rabinjonga qarshi hujum uyushtirish uchun tanlandi, biroq Buxoro hukmdori unga qarshi yurish boshlagan vaqtda u chekinishga qaror qiladi[4].
702-yilda otasi al-Muhallab vafot etdi. Shundan soʻng u qoʻshinni oʻz boshqaruviga oldi va uni ukasi Yazidga topshirdi. Yazid esa al-Hajjoj tomonidan Xurosonning yangi hokimi sifatida tan olindi[5]. Habib keyingi bir necha yilini Yazidga yordam berishga bagʻishladi va 704-yilda Yazid lavozimidan ozod etilgandan soʻng, uning oʻrniga tayinlangan al-Mufaddalga ham koʻmaklashishni davom ettirdi[6]. Ushbu davrda u Kirmon noibligiga tayinlandi va bu lavozimni al-Hajjoj barcha muhallabiylarni oʻz lavozimlaridan chetlatgunga qadar saqlab qoldi[7]. Shundan so‘ng, u al-Hajjojning buyrug‘iga ko‘ra Basrada qamoqqa olindi va qiynoqqa solindi. Biroq, xalifa al-Volid muhallabiylarning xavfsizligini ta’minlashni buyurgach, u boshqa jazolardan qutuldi[8].
715-yilda al-Validning vafoti va xalifa Sulaymonning taxtga chiqishi natijasida Muhallabiylar yana hokimiyatga qaytarildi. Shu bilan birga, Yazid xalifa tomonidan al-Hajjojning sobiq lavozimi - Iroq rahbari etib tayinlandi[9]. Shu bilan bir vaqtda, Habib yaqinda Muhammad ibn al-Qosim tomonidan zabt etilgan Sind viloyatiga hokim etib tayinlandi[10] va u yerda Habibga harbiy yurishni davom ettirish vazifasi topshirildi. Viloyatga yetib kelgach, Habib Hind daryosi qirg‘og‘ida qarorgoh tikladi va Aror aholisining taslim boʻlishini qabul qildi. Hokimlik davrida u nomi ma’lum bo‘lmagan qabila bilan jang qilib, uni mag‘lubiyatga uchratdi, biroq sezilarli hududiy yutuqlarga erishilgani qayd etilmadi[11].
Habib Sulaymon xalifaligi davomida Sindda qoldi. Biroq, 717-yilda Sulaymon vafot etgach, Muhallabiylar yana qismatning og‘ir sinoviga duch keldilar; yangi xalifa Umar ibn Abdulaziz Yazidni Iroqdan chetlatishga va uni qamoqqa olishga qaror qildi[12]. Habibning hokimligi ham yakuniga yetdi[13]; u Sindni tark etib, oxir-oqibat Basraga qaytib keldi[14].
Yazid ibn al-Muhallabning qoʻzgʻoloni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalifa Umar 720-yil fevral oyida vafot etdi. Shu paytga kelib, Yazid qamoqdan qochdi va Iroqqa qaytishga qaror qildi[15]. O‘sha vaqtda Habib o‘z akalari al-Mufaddal, Marvon va Abdulmalik bilan birga Basrada edi. Yazidning qochganligi haqidagi xabar Basraga yetib kelgach, shahar hokimi Adi ibn Artoh al-Fazoriy ehtiyot chorasi sifatida muhalliblarga qarshi qamoqqa olish haqida farmon berdi[16]. Ammo bundan ko‘p o‘tmay, Yazid qo‘shin bilan Basra ostonasiga yetib keldi va shaharni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Shahar himoyachilari mag‘lubiyatga uchrab, hokim asirga olingach, Habib va uning aka-ukalari qamoqdan ozod etildi. Ular darhol Yazidning xalifaga qarshi qo‘zg‘oloniga qo‘shildilar[17].
Keyingi bir necha oy davomida Habib Iroqdagi mavqeini mustahkamlagani sababli Yazid bilan birga qoldi. Maslama ibn Abdumalik qo‘mondonligidagi qo‘shin Suriyadan bostirib kelayotgani haqida xabar kelgach, Habib ukasiga ikki taklifni berdi: yo Forsga chekinib, u yerda tog‘larda mustahkam qal’a qurish, yoki qo‘shinining bir qismini Jaziraga yuborib, dushmanni o‘sha yerda to‘xtatish. Biroq Yazid bu ikkala taklifni ham rad etib, Iroqda qolishda qat’iy turdi[18]. 720-yil avgustda Umaviylar va Muhallabiylar qo‘shinlari al-Aqrda to‘qnashganda, Habib ukasining qo‘shinlari o‘ng qanotiga qo‘mondon etib tayinlandi[19]. 720-yil jang davomida oʻldi[20].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Al-Baladhuri, Ahmad ibn Jabir. The Origins of the Islamic State, Part II. Trans. Francis Clark Murgotten. Nyu York: Kolumbiya universiteti, 1924.
- Crone, Patricia. Slaves on Horses: The Evolution of the Islamic Polity. Cambridge: Cambridge University Press, 1980. ISBN 0-521-52940-9.
- Khalifah ibn Khayyat. Tarikh Khalifah ibn Khayyat. Ed. Akram Diyaʼ al-'Umari. 3-nashr. Ar Riyod: Dar Taybah, 1985.
- Mazhar-ul-Haq. A Short History of Islam: From the rise of Islam to the fall of Baghdad, 571 A. D. to 1258 A. D. Lahore: Bookland, 1977.
- Al-Tabari, Abu Jaʼfar Muhammad ibn Jarir. The History of al-Tabari. Ed. Ehsan Yar-Shater. 40 vols. Albany, NY: Nyu York davlat universiteti nashriyoti, 1985-2007.
- Al-Yaʼqubi, Ahmad ibn Abu Yaʼqub. Historiae, Vol. 2. Ed. M. Th. Houtsma. Leiden: E. J. Brill, 1883.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Al-Tabari, v. 20: p. 174
- ↑ Al-Tabari, v. 22: p. 28
- ↑ Al-Tabari, v. 22: pp. 179-80
- ↑ Al-Tabari, v. 22: pp. 188-89
- ↑ Al-Tabari, v. 23: pp. 31-32
- ↑ Al-Tabari, v. 23: pp. 63-64
- ↑ Al-Tabari, v. 23: p. 129
- ↑ Al-Tabari, v. 23: pp. 157, 162
- ↑ Al-Tabari, v. 24: p. 32
- ↑ Khalifah ibn Khayyat, p. 318; al-Ya'qubi, p. 356; Crone, p. 141
- ↑ Al-Baladhuri, p. 225; Mazhar-ul-Haq, p. 453
- ↑ Al-Tabari, v. 24: pp. 75, 79-81
- ↑ Khalifah ibn Khayyat, p. 322
- ↑ Al-Tabari, v. 24: p. 112
- ↑ Al-Tabari, v. 24: pp. 89-91
- ↑ Al-Tabari, v. 24: p. 112
- ↑ Al-Tabari, v. 24: pp. 113-17
- ↑ Al-Tabari, v. 24: pp. 124-26
- ↑ Al-Tabari, v. 24: p. 135
- ↑ Al-Tabari, v. 24: pp. 136-38