Yazid ibn Abu Kabsha as-Saksakiy
| Yazid ibn Abi Kabsha al-SaksakiyYazid ibn Abi Kabsha al-Saksakiy | |
|---|---|
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Vafoti |
715 Sind |
| Ota-onasi | Hayvil ibn Yasar |
| Qarindoshlari |
|
| Harbiy xizmatlari | |
| Janglari |
|
Yazid ibn Abu Kabsha as-Saksakiy (arabcha: يزيد بن أبي كبشة السكسكي) Қ— arab harbiy qoʻmondoni va Umaviylar xalifaligidagi hokimlardan.
U Abu Kabsha laqabi bilan tanilgan Hayvil ibn Yasarning oʻgʻli bo‘lib, Suriya qabilaviy zodagonlari aʼzosi hamda Ikkinchi fitna davrida Umaviylar tarafdori boʻlgan[1]. Yazid xalifa Abdulmalik ibn Marvonning sohib ash-shurtasi sifatida xizmat qilgan. 698-yilda Iroqda xorijiylar bilan kurashgan hamda Iroq hokimi al-Hajjoj ibn Yusuf tomonidan Vositdagi shurtaning boshligʻi etib tayinlangan[2]. 712/713-yilda Vizantiya imperiyasiga qarshi harbiy yurishga boshchilik qildi va 714-yilda Hajjoj vafot etgandan so‘ng, qisqa muddat davomida uning oʻnini egallagan holda Iroq hokimi lavozimini bajargan[2]. Xalifa Sulaymon ibn Abdulmalik (715—717-yillarda hukmronlik qilgan) uni Sindga joʻnatgan. U yerga yetib kelgach, Yazid amaldagi hokim Muhammad ibn Qosimni lavozimidan chetlatib, qamoqqa tashlatgan. Biroq, Yazid Sindga kelganidan ko‘p o‘tmay vafot etgan[2].
Uning Ziyad ismli akasi boʻlgan, u haqida biror maʼlumot mavjud emas. Biroq jiyani Sari ibn Ziyad Uchinchi fitna paytida yamanparast yetakchilar safida boʻlgan[2].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Crone, Patricia. Slaves on horses: the evolution of the Islamic polity. Cambridge and New York: Cambridge University Press, 1980. ISBN 0-521-52940-9.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Crone 1980, ss. 95–96.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Crone 1980, s. 96.