Gaurli tizmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gaurli tizmasi - Surxondaryo viloyatining shim.-gʻarbidagi togʻ tizmasi. Boysuntogʻ sistemasiga kiradi. Shimoliy qismida joylashgan Xoʻja Gur-gurota togʻlaridan Qayroqsoy daryosiga qadar janubi-ga deyarli meridional yoʻnalishda 8–10 km ga choʻzilgan. Oʻrta-cha bal. 2400–3000 m, eng baland nuqtasi 3300 m. Yer yuzasi parchalangan, tektonik koʻtarilishlar taʼsirida yuzaga kelgan relyef shakllari (denudatsiyatektonik) tarqalgan. Oʻrtacha yillik temperatura 2000 m balandlikda 10°. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 1500 m balandlikda 2°, iyulniki 25—26°. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 800–900 mm. Asosan qoʻngʻir togʻ oʻrmon tuproqlari, och qoʻngʻir baland togʻ tuproqlari tarqalgan. Bir yillik (efemer), kup yillik (efemeroid) oʻsimliklar keng tarqalgan boʻlib, ular sermahsul togʻ yaylovlari resurslarining asosi hisoblanadi. Olma, nok, olcha, doʻlana, bodom, yongʻoq, tol, terak, uchqat, naʼmatak, zirk, dorivor oʻsimliklardan ki-yikoʻt, choyoʻt, zira, rovoch, anzur piyoz kup uchraydi. Archazorlar katta maydonni egallagan. Nodir va xushmanzara landshaftlar, tabiat yodgorliklari, rekreatsiya (dam olish) obʼyektlari koʻp. Tuproq eroziyasi, yaylov degressiyasi keng tarqalgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil