Tektonik strukturalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tektonik strukturalar - Yer poʻstida togʻ jinslari yotish shakllarining qonuniyatli takrorlanishi. "Tektonik strukturalar" termini bir kancha mayda strukturaviy shakllardan hosil boʻlgan Yer poʻstining har xil qismlarini oʻz ichiga oladi. Tektonik strukturalarni tasniflaydigan eng asosiy belgilar masshtab, morfologiya va genezis hisoblanadi.

Elementar strukturali shakllar (qatlam, burma, darzlik, uzilishli buzilishlar — tashlama, uzilma, siljish, surilma va sharyajlar) va magmatik jinslar Tektonik strukturalar (dayka, sill, lakkolit, batolit va boshqalar) mavjud boʻlib, ular oʻz navbatida, mikroskopik oʻlchamli Tektonik strukturalar hosil qiladigan kichik oʻlchamdagi struktura bichimiga ega boʻlishi mumkin. Elementar strukturali shakllarning qonuniy majmui kattaroq tartibdagi Tektonik strukturalarni, mas., burmalar guruhlanib murakkab struktura shakllarini — antiklinoriy va sinklinoriyni hosil qiladi, ular oʻz navbatida burmali sistemalarni shakllantiradi; platformalarda sinekliza, antekliza, avlakogenlar ajralib chiqadi. Yer poʻstining ancha yirik Tektonik strukturalarining zamini yuqori mantiyagacha yetib boradi va chuqur strukturalar deb ataladi. Ularning asosiylariga kontinental va okean platformalari (plitalar), okeanga mansub, sinklinal va orogenlardagi harakatdagi mintaqalar kiradi, ular litosferaning kontinental va okean segmentlari va kontinental qoʻshilmalari hamda chuqur yoriklar va riftlar kiradi. Asosan, Yer pustila rivojlanadigan chuqur strukturalar poʻstli strukturalar deb ataladi. Tektonik strukturalarning vujudga kelishi rivojlanishning muayyan yunalishga va tarixga (kinematika) ega boʻlgan harakatlar taʼsirida (qarang Tektonik harakatlar) va jarayonning dinamikasini aks ettiradigan va tektonik deformatsiyalarni yuzaga keltiradigan kuchlar taʼsiri ostida hosil buladi. Elementar Tektonik strukturalar ni strukturalar geologiyasi urganadi. Magmatik jismlarning mikroskopik Tektonik strukturalar mikrostruktura analizi metodi bilan oʻrganiladi (qarang Petrotektonika). Yirik masshtabdagi elementar Tektonik strukturalar majmui geotektonikada oʻrganiladi (qarang Tektonika). Tektonik strukturalargeologik xaritalash, geofizik metodlar, ayniqsa seysmorazvedka hamda burgʻilash bilan oʻrganiladi.