Rovoch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rovoch, rivoch (Rheum) — torondoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, sabzavot ekini. Asosan, Osiyoda oʻsadigan 50 ga yaqin turi bor. Oʻzbekistonda 3 turi yovvoyi holda oʻsadi. Dehqonchilikda sabzavot P. (R. undulatum) turi Yevropa mamlakatlari, AQSH, Xitoy, Oʻrta Osiyoda ekiladi. Ildizi yoʻgʻon, sertarmoq, ildizpoyali. Poyasi tik, boʻyi 2 m gacha boradi. Bargi yirik, oddiy, bandi uzun (1,5 m gacha), sersuv, nordon, yeyishli, limon va olma kislotasiga boy. Gullari mayda, toʻpguli roʻvaksimon. Gultojbargi 6 ta, oqishpushti yoki qizil. Mevasi 3 qirrali, qizilqoʻngʻir pistacha. Barg bandi koʻklamdan boshlab isteʼmol qilinadi, undan souslar, kompot, kisel, murabbo, konfet, kvas tayyorlashda foydalaniladi. Ayrim turlarining ildizi qadimdan oshlovchi modda sifatida ishlatiladi. Ildizi va ildizpoyasi tarkibida 3—6% antraglikozid, 6—12% oshlovchi b. moddalar bor. Panjasimon P. (R. palmatum) dorivor oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Iddizidan tayyorlangan preparatlar (kukun, damlama va nastoykalar) surunkali kabziyat hollarida surgi sifatida ishlatiladi. R. urugʻi, koʻchati va ildiz bachkilaridan koʻpaytiriladi. Ekilganidan keyin 2yildan barg bandi olib ishlatiladi. Hosildorligi 6—7yili 250—400 s/ga. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil