Gʻarbiy Hindiston federatsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gʻarbiy Hindiston federatsiyasi (inglizcha: Federation of the West Indies) — Karib dengizi havzasidagi Britaniya hukumati egalik qilgan orollar uyushmasi. Gʻarbiy Hindiston federatsiyasi 1958-yil 3-yanvardan 1962-yil 31-maygacha mavjud boʻlgan Federatsiyaning tuzilishidan asosiy maqsad Buyuk Britaniya hukumatidan mustaqil boʻlishi mumkin boʻlgan barcha tuzilmalarni yagona tashkilot hamjamiyati sifatida birlashtirish edi. Biroq, bu sodir boʻlgunga qadar federatsiya aʼzolari oʻrtasida kuchayib borayotgan ichki qarama-qarshiliklar tufayli federatsiya qulab tushdi.

Umumiy maʼlumot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Gʻarbiy Hindiston federatsiyasining poytaxti Ispaniya porti hisoblangan.
  • Federatsiya rahbari — Buyuk Britaniya qirolichasi, general-gubernator qirolichaning vakili. Patrik Jorj Tomas Buchan-Xepbern, baron Heiles bu lavozimda federatsiya tashkil etilgandan to tarqatib yuborilgunga qadar ishlagan.
  • Bosh vazirni general-gubernator tayinlagan. Bu lavozimni Grantli Gerbert Adams egallagan. U Barbados Mehnat partiyasi rahbari, ilgari Barbados Bosh vaziri boʻlgan .
  • Pul birligi — Gʻarbiy Hindiston dollari .

Tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻarbiy Hindiston federatsiyasi aʼzolari:

Ushbu mintaqadagi Britaniyaning qolgan mulklari — Bagam orollari, Beliz, Bermuda orollari , Britaniya Virjiniya orollari va Gayana dastlab Gʻarbiy Hindiston federatsiyasiga kiritilmagan, chunki ularning kelajagi Shimoliy Amerika, Markaziy Amerika, AQSh va Janubiy Amerika davlatlari bilan bogʻliq boʻlgan.

Siyosiy tuzilma[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻarbiy Hindiston federatsiyasi Britaniya hukumatining mustamlaka hududi hisoblangan. Federatsiya 10 provinsiyadan iborat boʻlgan ichki oʻzini oʻzi boshqarishga ega federal davlat edi. Gʻarbiy Hindiston federatsiyasi 1958-yilda Britaniya Gʻarbiy Hindiston shtatlaridagi hududlarni birlashtirish orqali tuzilgan. Gʻarbiy Hindiston federatsiyasi tuzilganidan koʻp oʻtmay mustamlakachilik taʼsiridan chiqib mustaqil davlatga aylandi. Federatsiya mustaqilllikka erishgandan soʻng, mintaqadagi barcha mustamlakalarning mustaqilligini eʼlon qildi. Biroq, subyektlar oʻrtasidagi siyosiy tartibsizliklar tufayli loyiha barbod boʻldi va Federatsiya davlatlari mustaqillikka erisha olmadi.

Federal parlament ikki palatadan — tayinlangan Senat va xalq tomonidan saylangan Vakillar palatasidan iborat edi. Senat tarkibi mahalliy hokimiyat organlari bilan maslahatlashgandan keyin general-gubernator tomonidan tayinlanadigan 19 aʼzodan iborat edi.Senatning har bir viloyat uchun 2 tadan aʼzosi bor edi (Montserratdan tashqari). Vakillar palatasi 45 ta saylangan aʼzodan iborat edi. Ular Yamayka uchun 17 oʻrin, Trinidad va Tobago uchun 10, Barbados uchun 5, Montserrat uchun bitta va qolgan orollarning har biri uchun ikkitadan aʼzolar nisbatiga toʻgʻri kelgan.

Ijro hokimiyati rahbari Vazirlar Mahkamasi emas, balki general-gubernator boshchiligidagi Davlat kengashi boʻlgan. Davlat kengashining tarkibiga Bosh vazir va yana 10 nafar hukumat amaldorlari kirgan.

Gʻarbiy Hindiston Federatsiyasi mustaqil daromad manbalariga ega emas edi (oʻrniga orollarda majburiy yigʻimga tayanilgan) va bojxona ittifoqi, erkin savdo va erkin harakatlanish toʻgʻrisida hech qanday shartnomalar tuzilmagan edi.

Federatsiyaning bosh sudya va uchta (keyinroq beshta boʻlgan) boshqa sudyalardan iborat Federal Oliy sudi ham mavjud edi. Federal Oliy sud[1] 1919-yilda tashkil etilgan[2]. Shuningdek, Federal Oliy sud Barbados, Britaniya Gvianasi, Livard orollari, Yamayka,Trinidad va Tobago, Windward orollari ustidan yurisdiktsiyaga ega edi[2][3].

Trinidad va Tobago orollarining bosh sudyasi Stanley Eugene Gomes 1961-yil avgustda Federatsiya Bosh sudyasi etib tayinlangan[4].

Poytaxti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Federatsiya poytaxti sifatida dastlab 3 ta davlat taklif qilingan. Ular Yamayka, Barbados va Trinidad va Tobago davlatlari edi. Ilgari, federal hokimiyat organlari bilan muzokaralarda, konsensusga koʻra, poytaxt kichikroq orollardan birida boʻlishi kerak boʻlgan. Buning sababi poytaxt katta hududlar uchun neytral joyda joylashishi va (oʻsha paytdagi) iqtisoddagi nochorlikka bogʻliq edi. Shu maqsaddan kelib chiqib, Grenada poytaxtga mezbonlik qilish uchun aʼzo davlat sifatida shartli ravishda tanlangan. Biroq baʼzi tomonlarning noroziliklaridan keyin bu davlat poytaxt sifatida tanlanmagan. London konferensiyasida kichik orollar poytaxt sifatida koʻrib chiqilishi muhokama qilingandan soʻng, kichik orollarning poytaxt sifatida tanlanishi bekor qilindi[5]. Trinidad va Tobagoda poytaxt sifatida birinchi taklif qilingan joy Ispaniya portidan bir necha mil gʻarbda joylashgan Chaguaramas shahri edi. Ammo bu joy Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz bazasining bir qismi hisoblangan[6]. Amalda esa Ispaniya porti federatsiyaning butun faoliyati davomioda poytaxt vazifasini bajardi.

Sport[tahrir | manbasini tahrirlash]

Federatsiya 1960-yilda Rimda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida Antil orollari nomi bilan qatnashishga muvaffaq boʻldi. Bu musobaqada federatsiya sportchilar ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „British Caribbean Federation Act, 1956 Sec.1 p.4“. 29-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-dekabr 2021-yil.
  2. 2,0 2,1 „West Indian Court of Appeal Act, 1919“. 25-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-dekabr 2021-yil.
  3. „British Caribbean Federation Act, 1956 Sec. 1 p.5“. 14-yanvar 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-dekabr 2021-yil.
  4. „The West Indies Gazette, Vol 4, No 34“. Governor General. 5-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-fevral 2016-yil.
  5. Nantambu, Dr. Kwame „W.I. Federation: Failure From the Start“. Trinicenter.com (12-dekabr 2005-yil). 21-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-sentabr 2012-yil.
  6. „Federal Capital (Site) (Hansard, 9 July 1957)“. 21-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-dekabr 2021-yil.

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]