Port-of-speyn

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Port-of-speyn - Trinidad va Tobago davlati poytaxti. Mamlakatning muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Trinidad o.ning shim.-gʻarbiy qismida. Iqlimi subekvatorial, oʻrtacha temperatura yanvarda 25,8°, iyulda 26,7°; yillik yogʻin 1910 mm. Aholisi 49 ming kishidan ziyod (2000). Atlantika okeanining Pariya koʻltigʻi sohilidagi port. Metallsozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat, sement sanoat korxonalari, kema verfi mavjud. Qurilish materiallari ishlab chikariladi. Port orqali chetga neft mahsulotlari, shakarqamish, kofe, sitrus mevalar chiqariladi. Un-t, milliy muzey, badiiy galereya bor.

Ispanlar kelgunga qadar P.-o-S. oʻrnida indeyslarning Konkerabiya qishlogʻi boʻlgan. 1783 yildan Ispaniyaning Trinidad o.dagi mustamlakasining maʼmuriy markazi, 1797 yildan Buyuk Britaniya qoʻl ostida. 1962 yildan mustaqil Trinidad va Tobago poytaxti.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil