Fraport

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fraport AG
Turi Aktiengesellschaft (AG)
Tarmogʻi Transport
Qachon asos solingan 1924 (Südwestdeutsche Luftverkehrs AG sifatida)[1]
Joylashuvi Frankfurt aeroporti
Frankfurtmayn, Hesse, Germaniya
Rahbariyat Stefan Schulte (CEO va Boshqaruv raisi), Karlheinz Weimar (Kuzatuv kengashi raisi)
Aylanma daromadi €3.260 mlrd (2019)[2]
Operatsion foydasi Decrease €705 mln (2019)[2]
Boyligi €12.627 mlrd (2019-yil oxiri)[2]
Ishchilar soni 22,514 (2019)[2]
Vebsayti www.fraport.com

Fraport AG Frankfurt Airport Services Worldwide, qisqacha Fraport nomi bilan tanilgan, Frankfurtmayn shahridagi Frankfurt aeroportini boshqaradigan va dunyo boʻylab bir qancha boshqa aeroportlari boshqaruvida oʻz ulushiga ega boʻlgan nemis transport kompaniyasi. Ilgari kompaniya shahardan 130 kilometr gʻarbda joylashgan kichikroq Frankfurt-Han aeroportini ham boshqargan. U Xetra va Frankfurt fond birjalarida listingga kiritilgan. Kompaniyaning hozirgi bosh ijrochi direktori Stefan Schulte [de] . 2019-yil holatiga koʻra, kompaniyada 22 514 nafar xodim ishlaydi. Yillik daromadi esa taxminan 3,3 milliard yevroni tashkil qiladi. Fraport 2002-yildan 2012-yilgacha Bundesliga futbol jamoasi Ayntraxt Frankfurtning bosh homiysi boʻlgan.

Fraport AG oʻz aeroportlarida hamda uchinchi tomon boshqaradigan aeroportlarda yerda xizmat koʻrsatish operatsiyalari bilan ham shugʻullanadi. Yerda xizmat koʻrsatish faoliyatini asosan tartibga solinmagan kontekstda amalga oshiradi. Fraport, shuningdek, Frankfurt aeroporti va Indira Gandi xalqaro aeroportini dunyodagi eng yirik yoʻlovchi layneri A380 uchish-qoʻnishiga tayyor qilish uchun jalb qilingan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Frankfurt aeroportiga aloqador turli boshqaruv va infratuzilma shoʻba korxonalariga qoʻshimcha ravishda, Fraport holdinglari quyidagi aeroportlarni boshqaradigan kompaniyalarni oʻz ichiga oladi:

Kompaniya Aeroport(lar) Mamlakat Ulushi Aeroport boshqaruvining boshlanishi Shartnoma muddati
DIAL Delhi International Airport Private Limited Indira Gandi xalqaro aeroporti (DEL) Hindiston 10% 2006-yil 2036-yil
Fraport TAV Antalya Management A. S. Antaliya aeroporti (AYT) Turkiya 50/51% 1999 yil 2024-yil
Fraport Twin Star Airport Management AD Burgas aeroporti (BOJ), Varna aeroporti (VAR) Bolgariya 60% 2006-yil 2041-yil
Lima Airport Partners S. R.L. Xorxe Chaves xalqaro aeroporti (LIM) Peru 80,01% 2001-yil 2041-yil
Ljubljana Airport Lyublyana aeroporti (LJU) Sloveniya 100% 2014 yil cheklanmagan
Northern Capital Gateway MChJ Pulkovo aeroporti (LED) Rossiya 25% 2010-yil 2040-yil
AirMall Baltimor-Vashington xalqaro aeroporti (BWI), Boston Logan xalqaro aeroporti (BOS), Pitsburg xalqaro aeroporti (PIT), Klivlend Hopkins xalqaro aeroportlarida (CLE) chakana savdo AQSh 100% 2014-yil nomaʼlum
Xi’an Xianyang International Airport Co., Ltd. Sian Sianyang xalqaro aeroporti (XIY) Xitoy 24,5% 2008-yil 2022-yilda sotiladi
Fraport Brasil – Fortaleza Pinto Martins – Fortaleza xalqaro aeroporti (FOR) Braziliya 100% 2018-yil yanvar[3] 2047-yil
Fraport Brasil – Porto Alegre Salgado Filho xalqaro aeroporti (POA) Braziliya 100% 2018-yil yanvar[4] 2042-yil

Gretsiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zakintos aeroportidagi Fraport Greece toʻsigʻi.

2015-yil dekabr holatiga koʻra, Gretsiya hukumati Fraport va Copelouzos grek energetika kompaniyasi bilan 14 ta mintaqaviy aeroportlarni 40 yillik imtiyozli muddatga ijaraga olish va boshqarish boʻyicha 1,2 milliard yevrolik xususiylashtirish shartnomasini imzoladi[5][6]. Fraport 2017-yilning 11-aprelidan boshlab 14 ta mintaqaviy aeroportlarni boshqarishni boshladi[7]. Har bir aeroportning bosh rejasi va qurilish ishlari tugagandan soʻng 14 ta aeroportning kompyuter renderi (tashqi koʻrinishlarini) eʼlon qilindi[8].

Fraport boshqaruviga oʻtkazilgan aeroportlar[6][5]:

  • Aktion milliy aeroporti
  • Kavala xalqaro aeroporti
  • Kefaliniya xalqaro aeroporti
  • Korfu xalqaro aeroporti
  • Kos oroli xalqaro aeroporti
  • Mitiliya xalqaro aeroporti
  • Mikonos oroli milliy aeroporti
  • Rodos xalqaro aeroporti
  • Samos xalqaro aeroporti
  • Santorini (Tira) milliy aeroporti
  • Skiatos oroli milliy aeroporti
  • Saloniki xalqaro aeroporti
  • Zakintos xalqaro aeroporti
  • Xanya xalqaro aeroporti

Fraport tomonidan boshqariladigan grek aeroportlaridagi yuqori narx siyosati hamda samolyotlar uchun toʻxtash joylari yoʻqligi sababli ham mahalliy, ham xorijiy fuqaro aviatsiyasi samolyotlari egalari tomonidan koʻplab shikoyatlar kelib tushdi. Gretsiyaning yirik „To Vima“ gazetasida[9] hamda AOPA Hellas uyushmasi veb-sayti[10][11] bu haqda maqolalar eʼlon qilindi.

Bosh qarorgohi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kompaniyaning ustavida roʻyxatga olingan manzili sifatida Frankfurtmayn shahri koʻrsatilgan. Fraport inshootlari shaharning Flughafen tumanidagi Frankfurt aeroporti mulkida joylashgan. Uning bosh ofis binosi 178-bino, Tor 3 (3-darvoza) yaqinida joylashgan.

Aksiyadorlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kompaniyaning hozirgi aksiyadorlik tuzilmasi quyidagicha.

Aksiyadorlar Ulushi
Hessen yeri 31,31%
Stadtwerke Frankfurt am Main Holding GmbH 20,32%
Deutsche Lufthansa AG 8,44%
Lazard Ltd 5,02%
Erkin sotuvda/ maʼlumot yoʻq 34,91%

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „History“. Fraport. 2017-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Annual Report 2019“. Fraport. [sayt ishlamaydi]
  3. „Aeroporto Internacional – Fortaleza – CE“ (pt). Infraero. 2018-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-mart.
  4. „Aeroporto Internacional – Porto Alegre – RS“ (pt). Infraero. 2018-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-mart.
  5. 5,0 5,1 „Greece signs 1.2 bln euro airport deal with Germany’s Fraport“, Kathimerini English version (14 December 2015).
  6. 6,0 6,1 „Greece confirms Germany’s Fraport to run regional airports“, Reuters (Tue Aug 18, 2015 9:49am EDT).
  7. " „Fraport Greece Begins 40-Year Concession at 14 Greek Regional Airports“, Kathimerini English version (21 March 2017).
  8. " „Fraport Greeceʼs Development Plan for the New Era at the Greek Regional Airports“, Fraport-Greece English version (22 March 2017).
  9. „Πώς μπορεί η Πολιτεία να βοηθήσει τον αεροπορικό τουρισμό με αεροσκάφη γενικής αεροπορίας“ (2020-yil 11-may).
  10. „Στο "Βήμα της Κυριακής" η επιστολή της AOPA Hellas για τα 23 αεροδρόμια – Aopa Hellas“.
  11. „Επιστολή της AOPA Hellas στον κ. Μαραγκάκη, COO της Fraport Greece – Aopa Hellas“.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]