Denatsionalizatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Denatsionalizatsiya (de... va natsionalizatsiya), reprivitizatsiya — davlat mulk obʼyektlari (zavod, fabrika, bank, yer-suv, uy-joy va boshqa)ni xususiylashtirish; davlat ixtiyoridagi mulklarni xususiy mulkka aylantirish. Asosan kam foyda beruvchi va zarariga ishlayotgan korxonalar Denatsionalizatsiya qilinadi. Bunda davlat koʻp foyda bermaydigan korxonalarni avval milliylashtirib, byudjet mablagʻi hisobidan yangi texnika va texnologiya bilan jihozlantirgan va ishlab chiqarishni jonlantirgan holda mulk egalariga qaytaradi. Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida davlat mulkini maxsus dastur asosida xususiylashtirish amalga oshirila boshladi (qarang Davlat tasarrufidan chiqarish, Davlat mulkini xususiylashtirish).

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil