Fikret Amirov
Jump to navigation
Jump to search
Fikret Meshodiy Jamil oʻgʻli Amirov (1922.22.11, Ganja – 1984, Boku) – Ozarbayjon kompozitori, Xalq artisti (1965), Mehnat Qahramoni (1982), Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi akademik (1980). Ozarbayjon opera va balet teatri direktori (1956–59), Ozarbayjon (1958 yildan), Butunittifoq (1971) kompozitorlar uyushmasi kotibi. "Sevil" operasi (1953), "Yurak oʻgʻrilari" musiqali komediyasi (1943), "Ming bir kecha" baleti (1979) mashhur. "Shur", "Kyurd ov-shari" (1948), "Bayati-Shiraz" (1971) simfonik mugʻomlari bilan "maqom simfonizmi"ga asos solgan, Ozarbayjon va boshqa Sharq mamlakatlari (jumladan, Oʻzbekiston) kompozitorlarining simfonik ijodiga taʼsir qilgan.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |