Libretto

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Libretto (ital. libretto — kitobcha) — musiqiy-dramatik asar (opera, operetta, musiqali drama va komediya)ning soʻz matni, balet spektaklining adabiy ssenariysh, shuningdek, mazkur asarlar mazmunining qisqacha bayoni. 17a. dan teatr tomoshabinlari uchun kitobchalar tarzida chop etilgan (nomi shundan). L. mualliflari kompozitorlar bilan hamkorlikda ijod qiladi. 19-asrdan boshlab baʼzi kompozitorlar oʻz sahna asarlari uchun L. matnini qam oʻzlari yaratishgan (G. Berlioz, R. Vagner, M. Musorgskiy, S. Prokofyev, K. Orf va boshqalar). L. mavzulari asosini, koʻpincha, xalq afsona, doston va ertaklari ("Tohir va Zuhra", "Yoriltosh", "Malikai ayyor" operalari), mumtoz adabiyot ("Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" operalari) va drama asarlari tashkil etadi (mas, Hamza asari asosida yaratilgan "Maysaraning ishi" operasi). L.ni yaratish jarayonida adabiy asarlar musiqiy janrlar xususiyatlariga moslashtirib qisqartiriladi, baʼzida tubdan uzgartiriladi (mas, "Qargʻa motkasi" A. Pushkin hikoyasi va P. Chaykovskiy operasi). Oʻzbekistonda L. yaratish sohasida K. Yashin, S. Abdulla, H. Gʻulom va boshqa tanilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil