Dualizm
Dualizm (lot. dualis — ikki yoqlama) — bir-biri b-n birlashtirib boʻlmaydigan holatlar, tamoyillar, fikrlash tarzi, dunyoqarash, intilish va gnoseologik tamoyillar yonma-yon mavjudligini targib qiluvchi taʼlimot. D. plyuralizm koʻrinishlaridan biri. D. terminini nemis faylasufi X. Volf (1679— 1754) kiritgan. D. quyidagi juft tushunchalarni ifodalaydi: gʻoyalar dunyosi va voqeiy dunyo (Platon), xudo va iblis (yaxshilik va yomonlik tamoyili), xudo va dunyo, ruh va materiya, tabiat va ruh, jon va tan, obʼyekt va subʼyekt, bilim va eʼtiqod, u dunyo va bu dunyo, tabiat saltanati va ilohiy marhamat saltanati va b. D. falsafiy, diniy, antropologik, etik shakllarda namoyon boʻlishi mumkin. Qad. davrda diniy-etik D. Avestoda uchraydi. Unda dunyo taraqqiyoti jarayoni bir tomondan yaxshilik, haqiqat, yorugʻlik, ikkinchi tomondan, yomonlik, jaholat, qorongʻulik oʻrtasida abadiy kurash sifatida tasavvur qilinadi. D. falsafada dunyoning negizida bir-biriga bogʻliq boʻlmagan ikki mustaqil narsa — ruh va materiya mavjud deb bilishida koʻrinadi. Bu ayniqsa R. Dekart va I. Kant qarashlarida koʻzga yaqqol tashlanib turadi. Gegel D.ni idealistik monizm asosida, yaʼni mutlaq gʻoya va borliq oʻrtasidagi qarama-qarshilikni dialektik sintez asosida bartaraf qilishga urinadi. Monizmning boshqa shakllari ham shu yoʻldan boradi. D. keyingi vaqgda psixologiyadagi psixofizik parallelizm na-zariyasiga asos boʻldi.
Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() |